Jamiyat

Toshkentda robot texnika boʻyicha RoboCraft kurslari ochildi

© Press-slujba Ministerstva narodnogo obrazovaniya UzbekistanaV Respublikanskom tsentre "Barkamol Avlod" zapustili kursы po robototexnike RoboCraft
V Respublikanskom tsentre Barkamol Avlod zapustili kursы po robototexnike RoboCraft - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
RoboCraft - maxsus kurslardan iborat boʻlib, mashgʻulotlarda oʻquvchilar robotlarni yigʻish hamda ularni dasturlashni oʻrganishi mumkin.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni oʻrganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Halq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.

Vыstavka Bal Robotov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda robot-politsiyachilar xizmatga kirishishi kutilmoqda

Xabarda keltirilishicha, RoboCraft kurslari taʼlim yoʻnalishidagi davlat va xususiy sektorning birinchi qoʻshma loyihasi hisoblanadi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan xususiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

“Dastlabki bosqichda oʻquvchilar SCRATCH asosida dasturlash bilan tanishtirilib, robot-dizayner Junior E misolida mexatronika asoslari boʻyicha taʼlim oladi. Shu tarzda algoritmlash boʻyicha asosiy bilim va zarur koʻnikmalarni olib, shaxsiy robotlarini boshqarishni oʻrganishadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermato ushbu loyiha ijtimoiy soha boʻyicha investorlarni jalb etish hamda taʼlim sohasidagi innovatsion islohotlar yoʻlida davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirishga asos boʻlishini taʼkidladi.

© Press-slujba Ministerstva narodnogo obrazovaniya UzbekistanaToshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni oʻrganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkentda robot texnika boʻyicha RoboCraft kurslari ochildi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda Respublika “Barkamol avlod” markazida bolalarga robot va dasturlarni ishlab chiqishni oʻrganish imkonini beruvchi RoboCraft ixtisoslashtirilgan kurslarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, xalq taʼlimi vazirligi kelgusida sarmoyadorlar bilan birgalikda yuqori malakali va raqobatbardosh yosh avlodni tayyorlash maqsadida “Barkamol avlod” markazlarini zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0