TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Xorazm viloyatida uchta valyutafurush qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Yangibozor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va S.lar har bir AQSH dollarini 8450 soʻmdan hisoblab, 7900 AQSH dollarini 66,7 mln. soʻmga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.
Bundan tashqari, oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSH dollarini 8320 soʻmdan hisoblab, 11450 AQSH dollarini 95,2 mln. soʻmga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.
Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun moʻljallangan 700 AQSH dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 mln. soʻm pullar ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.