Dunyoda

Oʻzbekistonda Facebook va YouTube “hayotga qaytarildi”

© Sputnik / Asatur YesayantsRegistratsiya na Facebook
Registratsiya na Facebook - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda 2018 yil 4 sentyabrda Facebook’dan foydalanishda ilk muammolar yuzaga kelgandi, oktyabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib boʻlmay qolgandi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda YouTube videoxostingi va Facebook ijtimoiy tarmogʻi VPN dasturisiz ham ishlay boshladi. 

Oʻzbekiston fuqarolari va mehmonlari oʻtgan yilning kuz oyidan boshlab  Facebook’dan foydalanishda ilk muammolar yuzaga kelgandi, 4 oktyabrdan esa YouTube portaliga ham yordamchi vositalarsiz kirib boʻlmay qolgandi. Noyabr oyining oxirida “Oʻzbektelekom” sotish va xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Alisher Zufarov Oʻzbekistonda Facebook ijtimoiy tarmogʻi va YouTube videoxostingiga kirishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasida ish olib borilayotganini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, ulanishdagi muammolarni Nom va raqamlarni oʻzlashtirish boʻyicha Internet-korporatsiyasi (ICANN) xabar qilgan internet domen nomlari tizimlari (DNS) uchun himoya vazifasini bajaruvchi kriptografik kalitlar tarixda birinchi marta almashtirilgani bilan bogʻliq boʻlgan.

Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Oʻzbektelekom” internet boʻyicha hisobot beradi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining internet tarmogʻiga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish toʻgʻrisidagi topshirigʻiga binoan 2020 yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha koʻtarish vazifa qilib belgilangan.

Avvalroq Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi boʻyicha mamlakatlar reytingini tuzgandi. Hisobotga koʻra, mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi boʻyicha esa 112-chi oʻrinlarni band etgandi.

Yangiliklar lentasi
0