Sport

Fazliddin Gʻoibnazarov: “Jangga har tomonlama tayyorman”

Fazliddin Gaibnazarov oderjal pobedu v poyedinke protiv amerikantsa Kevina Djonsona
Fazliddin Gaibnazarov oderjal pobedu v poyedinke protiv amerikantsa Kevina Djonsona - Sputnik Oʻzbekiston
Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi jangi 18 yanvar kuni dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rio Olimpidasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov 18 yanvar kuni dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga koʻtariladi. Bokschi mazkur jang oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Trener sbornoy Uzbekistana po boksu Tulkin Kilichev sledit za protsessom OFP - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbek bokschilari mashgʻulotidagi video etni junjiktiradi

“Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashgʻulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi deb oʻylamayman. Oʻzimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yoʻq. Ertaga vazn oʻlchash marosimi, bir kun oʻtib esa jang. Oʻz gʻalabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman”, – dedi Fazliddin.

Maʼlumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini oʻz foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba gʻalaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda magʻlub boʻlgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala