Jamiyat

Gaz hisoblagichlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritiladi

© Flickr / Eddie~SSchetchik gaza
Schetchik gaza - Sputnik Oʻzbekiston
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritiladi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Benzin, gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga aktsiz soligʻi joriy qilindi

Ushbu qaror loyihasida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspektsiyasining 2014 yil 7 iyuldagi k-3 va k-1-son qarori bilan tasdiqlangan gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar:

“3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi:

- sanoatda qoʻllash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarfining hisoblagichlari, sarf oʻlchagichlari – 24 oy;

Zapravщik vozvraщayet zapravochnыy pistolet v slot - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Gaz narxini oshirgan zapravkalarga sanktsiya qoʻllanishi mumkin – Moliya vazirligi

- maishiy qoʻllanish uchun gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari, sarf oʻlchagichlari – 48 oy;

- tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari – 120 oy.

Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari oʻtib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng foydalanish mumkin.

12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan oʻtkazish uchun yechib olingandan soʻng, tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasi hisobidan oʻrniga boshqa tekshirilgan hisobga olish pribori darhol oʻrnatiladi va gazni hisobga olish priborining yechib olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatiladi.”, - deyilgan qaror loyihasida.

Shuningdek, hujjat loyihasida qayd etilishicha, isteʼmolchi gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan oʻtkazilgunga qadar hududdagi gaz taʼminoti korxonasi hisobidan oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborining koʻrsatkichiga muvofiq toʻlovni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, qaror loyihasida gazni hisobga olish priborlarining yechib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma namunasi ilova qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala