Jamiyat

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

D.Rahimov bundan avval Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 15 yanvardagi farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlik va davlat nazorati: Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini tayyorladi

D.Rahimov 1978 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura boʻlim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala