Jamiyat

Olma-Ota dunyoning eng qulay shaharlari reytingiga kiritildi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoAlmatы
Almatы - Sputnik Oʻzbekiston
Numbeo saytida dunyoning 227ta yashash uchun eng qulay boʻlgan shaharlari reytingi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. Numbeo sayti, oʻz foydalanuvchilari tomonidan jamlangan maʼlumotlar asosida, dunyoning yashash uchun eng qulay boʻlgan 227 ta  shaharlar reytingini eʼlon qildi.

Chayxana v gorode Chust (Namanganskaya oblast) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi reyting: Markaziy Osiyodagi eng xotamtoy odamlar - oʻzbekistonliklar

Reyting hisoblashda aholi daromadi miqdori va uy-joy, oziq-ovqat narxlari, jinoyatchilik, iqlim sharoitlari va ekologiya muammolari indekslari hisobga olingan.

Olma-Ota shahri ushbu reytingning 209 qatoridan joy olgan. Qozogʻiston “janubiy poytaxti” ushbu reytingga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona shahri boʻldi. 

Reytingda, shuningdek, Myunxen – 26, Xelsinki – 29, Valensiya – 50, Amsterdan -61, Dubay – 65, Tokio -69, Doxa – 79, Berlin – 87, Praga – 96,  Singapur – 105, Tel-Aviv -108, Ar-Riyod 116, Seul -124 oʻrinlarni egallagan.

Rossiya shaharlari orasida – Nijniy Novgorod – 125, Sankt-Peterburg – 184, Moskva – 192,  Yekaterinburg – 201, Novosibirsk -210 oʻrinlarda joylashgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, Numbeo saytida jamlangan maʼlumotlar 411 146 nafar foydalanuvchilar tomonidan dunyoning 8778ta shaharlari haqidagi maʼlumotlar jamlangan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala