Hodisalar

Rossiyada fuqaro doʻstining jasadini oʻzga sayyoraliklar tashlab ketganini maʼlum qildi

© © AFP 2019 / FREDERIC J. BROWNGumanoid
Gumanoid - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Omsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tergovchilarga tanishining jasadini uning uyiga oʻzga sayyoraliklar tashlab ketganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning Omsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tanishining jasadini unga oʻzga sayyoraliklar tashlab ketganini maʼlum qildi. Bu haqda Rossiyaning mintaqadagi Tergov qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

NASA - Sputnik Oʻzbekiston
NASA: kamida uchta sayyora hayot kechirishga yaroqli

“Tergov harakatlari natijasida jinoyat sodir etishda oʻlgan shaxsning 63 yoshli tanishi aloqador ekanligi aniqlandi. U tergovchilarga jasadni kvartiraga oʻzga sayyoraliklar tashlab ketishganini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Ammo dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, xonadon egasi ziyofat chogʻida tanishini bir necha marta pichoqlagan. Oqibatda olingan jarohat tufayli jabrdida vafot etgan.

Mazkur jinoyat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Gumon qilinuvchiga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qoʻllandi.

Hozirda jinoyatning sabab va holatlari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala