Jamiyat

Toshkentda 12 ta kanal qirgʻoqlari obod xiyobonlarga aylantiriladi

© CA-NewsVodnыy kanal, protekayuщiy ryadom s mnogoetajnыmi domami v Tashkente
Vodnыy kanal, protekayuщiy ryadom s mnogoetajnыmi domami v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda 2019 yil oxiriga qadar 12 ta kanallar qirgʻoqlarini obodonlashtirishga 192 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. 2019 yil oxiriga qadar Toshkentda umumiy uzunligi 22 km boʻlgan 12 ta qirgʻoqboʻyi hududlari obodonlashtiriladi, deyilgan Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida.

Obodonlashtiriladigan kanallar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.   

Kanalboʻyi qirgʻoqlari nomlari Qirgʻoqlar uzunligi Qiymati mlrd.soʻm Bajarish muddati
1.

Yunusobod tumani «Yuqori Qoraqamish» koʻchasidan oqib oʻtuvchi «Qoraqamish» kollektoriga tutash hududda sayilgoh tashkil etish 1,2 10,5 2019 yil aprel
2. Mirzo Ulugʻbek tumani «Doʻrmon yoʻli» koʻchasidan «Ziyolilar» koʻchasigacha boʻlgan «Salar» kanalining Botanika bogʻiga tutash qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,6 13,9 2019 yil aprel
3. Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi «Damashi» kanalining «Qorasaroy» koʻchasidan «Keles yoʻli» koʻchasigacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish 2,4 20,9 2019 yil aprel
4. Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi «Qorasuv» kanalining «Temur Malik» koʻchasidan «Doʻrmon yoʻli» koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 2,3 20 2019 yil iyul
5. Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi «Qorasuv» kanalining «Boysun» koʻchasidan «Fargʻona yoʻli» koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 1,5 13,1 2019 yil iyul
6. Mirobod tumanidan oqib oʻtuvchi «Qorasuv» kanalining «Fargʻona yoʻli» koʻchasidan «Fitrat» koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 1,1 9,6 2019 yil iyul
7. Bektemir tumanidan oqib oʻtuvchi «Bektemir» kanalining «Xusayn Boyqaro» koʻchasidan «Bilol Nozim» koʻchasigacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 2,0 17,4 2019 yil sentyabr
8. Yakkasaroy tumanidan oqib oʻtuvchi «Salar» kanalining «Bobur» koʻchasidan Kichik xalqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish 2,4 20,9 2019 yil sentyabr

9.

Shayxontohur va Chilonzor tumanlari chegarasidagi «Baynalmilal» koʻchasiga tutash qismidan oqib oʻtuvchi «Boʻzsuv» kanalining «Oqtepa» maydonidan «Oqtepa» gidro elektr stantsiyasigacha boʻlgan qismida sayilgoh tashkil etish 1,0 8,7

2019 yil

sentyabr

10.

Uchtepa tumanidan oqib oʻtuvchi «Boʻzsuv» kanalining «Farxod» koʻchasidan Toshkent xalqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini obodonlashtirish 3,5 30,5

2019 yil dekabr

11.

Sergeli tumani «Choshtepa» mahallasidan oqib oʻtuvchi «Joʻn» kanalining qirgʻoq qismini mustahkamlash 2,0 17,4

2019 yil dekabr

12.

Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi «Boʻrijar» kanalining Kichik xalqa avtomobil yoʻliga tutash qismining qirgʻoqlarini obodonlashtirish 1,1 9,6

2019 yil dekabr

Toshkent hokimiyati ushbu kanallarga tutash hududlarda, zamonaviy landshaft meʼmorchiliklarini qoʻllagan holda, aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi belgilangan.

Xususan, tematik xiyobonlar, amfiteatrlar, madaniy koʻngilochar maskanlari, sport va sogʻlomlashtirish maydonchalari, jumladan baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yoʻlaklari, maskanlari hamda yengil konstruktsiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.

Remont dorogi v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda qurilish va obodonlashtirish ishlari bajariladigan hududlar belgilab olindi

Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda “Book cafe” “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sunʼiy plyaj” loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, “Boʻzsuv” kanalining Chilonzor tumanidan oʻtgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gandola” qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida 4ta ekskavator, 4ta kanal tozalash maxsus texnikasi, motorli qayiq, avtokran, 2 ta trayler, 5ta samosval, musor va benzin tashuvchi avtomobillar xarid qilish belgilangan.  

Qarorda aytilishiga koʻra, ushbu maqsadga jami 192 mlrd soʻm mablagʻ sarflanadi. Undan 111 mlrd – investorlar mablagʻlari, 32- Respublika byudjetidan va 48 mlrd  - mahalliy byudjetlardan sarflash rejalashtirilmoqda. Barcha ishlar 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala