Dunyoda

Tojikiston ulamolari erkaklarga potentsiyani oshiruvchi dorilardan foydalanishga ruxsat berdi

© pixabayTabletki na ladoni
Tabletki na ladoni - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston Islom markazining mutaxassisi Abdulvohid Homidov erkaklar jinsiy quvvatini oshirishga taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalaridan foydalanish shariat qonunlariga toʻgʻri kelish kelmasligi haqida soʻz yuritdi.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Tojikistonda erkaklar jinsiy quvvatini oshirishga taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalaridan foydalanishga ruxsat berildi.

Letniy otdыx v Sochi. - Sputnik Oʻzbekiston
Tish tozalamaslik impotentsiyaga olib keladi - olimlar

Mazkur fatvo chorshanba kuni Tojikiston Islom markazi saytida eʼlon qilingan.

“Bizga quyidagi savollar kelib tushardi: jinsiy quvvatni oshirishga taʼsir koʻrsatuvchi vositalardan foydalanish shariat qonunlariga toʻgʻri keladimi? Markaz mutaxassislari diniy adabiyotni oʻrganib chiqib, dori vositalaridan foydalanish faqat zarur boʻlgan holatda ruxsat etiladi, degan xulosaga kelishdi”, - deb maʼlum qildi RIA Novosti jurnalistlariga Tojikiston Islom markazining fatvolar boshqarmasi mutaxassisi Abdulvohid Homidov.

Uning soʻzlariga koʻra, erkak oʻz ayolining ehtiyojini qondirolmasa, oʻshandagina jinsiy quvvatni oshiruvchi dori vositalaridan foydalanishiga ruxsat etiladi.

U shunga oʻxshash dori vositalarini qiziqish yoki ishtiyoq maqsadlarida foydalanishga ruxsat etilmasligini qayd qilib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala