Sport

Yaponiyaga qarshi eng yaxshi oʻyinimizni namoyish qilamiz - Ektor Kuper

© OʻFAEktor Kuper
Ektor Kuper - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiyaga qarshi oʻyinda maksimal natija koʻrsatishga harakat qilamiz, lekin baʼzi oʻyinchilarga dam berish niyatimiz ham bor, - dedi Kuper.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Ertaga Osiyo Kubogi doirasida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Oʻzbekiston Yaponiya oʻyini oldidan Ektor Kuper va Javohir Sidiqov ishtirokidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda OʻFA matbuot xizmati.

Quyida ushbu matbuot anjumanidan baʼzi muhim lavhalarni keltiramiz: 

Ektor Kuper: ertaga faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruhda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritish. Yaponiyaga qarshi oʻzimizni eng yaxshi oʻyinimizni namoyish qilmoqchimiz.

Javohir Sidiqov: Yaponiya Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu oʻyinga jiddiy tayyorgarlik koʻryapmiz. Toʻgʻri, minimum vazifa bajarildi - pley-off yoʻllanmasi qoʻlga kiritildi. Endi ertangi oʻyinda ham yaxshi harakat qilib, jamoamiz nimalarga qodir ekanini sinovdan oʻtkazib olmoqchimiz.

Sbornaya Yaponii po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonning navbatdagi raqibi - Yaponiya termasi bilan tanishamiz

Ektor Kuper: Albatta, ertaga gʻalaba uchun maydonga tushamiz. Ammo baʼzi futbolchilarga dam berish rejamiz ham bor. Chunki biz pley-off haqida ham oʻylashimiz kerak. Misr terma jamoasini boshqarganimda, Afrika Kubogida jamoa yaxshi oʻynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin oʻsha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. Oʻsha tajribamdan kelib chiqib, ertaga tarkibda baʼzi oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Qaysi futbolchilarga dam berish borasida bugungi mashgʻulotdan keyin bir toʻxtamga kelamiz.

Ektor Kuper: Bir narsani tushunishingizni istardim. Pley-offda kuchsiz raqib boʻlmaydi. Har qanday raqibga qarshi oʻynashga tayyor boʻlish kerak. Biz bosh sovrinni qoʻlga kiritish maqsadida ushbu turnirga kelganmiz. Shunday ekan, har qanday raqib bilan oʻynashga tayyormiz.

Ektor Kuper: Yaponiyani nimani evaziga yutishimiz mumkin? Bu haqida oʻzim biladigan narsalarni hozirgi matbuot anjumanida aytib oʻtirmayman. Yaponiya kuchli jamoa. Ammo har qanday kuchli jamoani ham magʻlubiyatga uchratish mumkin. Biz shunga harakat qilamiz.

Ektor Kuper: Ertangi oʻyinda muhimi gʻalaba qozonish. Pley-offni qaysi shaharda oʻtkazishning ahamiyati yoʻq. Bu ikkinchi darajali masala. BAAning barcha shaharlari chiroyli, barcha mehmonxonalarda sharoit aʼlo darajda. Shu sababli bu muhim emas. Muhimi gʻalaba qozonish.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala