O‘zbekistonga o‘z “xalq avtomobili” kerak

Obuna bo‘lish
Dmitriy Verxoturov, sharqshunos, siyosatchi, Sputnik O‘zbekiston uchun.

O‘zbekiston avtomobil sanoatida o‘zgarishlar kutilmoqda. 2018-yil dekabr oyida “O‘zavtosanoat” AJ, oldingi kelishuvlarga asosan, General Motors kompaniyasidan  GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining eng so‘nggi 10% aksiyalarini sotib oldi.

II Rossiyskaya ekologicheskaya nedelya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodiga asos solinishi mumkin

2019 yilda “O‘zavtosanoat” AJ Toshkentdagi dvigatellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona - GM Powertrain-Uzbekistan aksiyalarini sotib olishga qaror qilgan. Buni avtomobil sanoatini milliylashtirish deb tushunish kerakmi yoki yangi xorijiy hamkor topish istagi deb?

Menimcha, ushbu o‘zgarishlar o‘z mahsulotini sotish strategiyasi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston– Koreya

O‘zbekiston avtosanoatini – hach qanday mubolag‘asiz O‘zbekistonning g‘ururi deb aytishi mumkin. Sovet ittifoqidan O‘zbekistonga hech qanday avtomobil sanati meros bo‘lib qolmagan.

Shunday bo‘lsada, Janubiy Koreyaning Daewoo konserni yordamida O‘zbekistonning Andijon viloyatida yilga 250  mingta avtombil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yirik avtomobil zavodi qurildi. 1996-yilda ushbu zavodda Daewoo Nexia – yengil avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatidagi muammolarni sanab o‘tdi

O‘sha vaqtlarda zavod MDH davlatlari bozori uchun avtomobil yetkazib beradi deb rejalashtirilgan edi. Dastlabki yillarda zavod aynan shu ish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullandi ham.  

1999 yilda Daewoo bankrotga uchraganidan so‘ng uning avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi AQShning General Motors kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi. Ikkinchidan, 2000-yillarda Rossiyada ham bir necha xorijiy avtomobil brendlar zavodlari ochildi. Avtomobil bozorida raqobat kuchaydi.

GM bilan hamkorlik qilish natijasida O‘zavtosanoat modellar sonini kengaytirish va 2013-yilda Xorazmda yiliga 40 ming dona avtomobil ishlab chiqarading yana bir zavod ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Statistik ma’lumotlarda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilda kompaniya 140 ming avtomobil ishlab chiqargan bo‘lsa, 2018-yilda 226 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan o‘tgan yili 135 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi

Bugungi kunda eksportga 20%ga yaqin avtomobillar jo‘natilmoqda va uning hajmi kamayib bormoqda. Lekin shunga qaramasdan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni o‘sib borayotganini aytib o‘tish kerak. Bundan kompaniyaning ichki bozor uchun ishlayotganini xulosa qilish mumkin.

Ichki bozor

Albatta O‘zbekiston iqtisodi uchun avtomobillar kerak. Chunki bugungi kunda Rossiyada har 1000 kishiga 334ta, Qozog‘istonda 250ta avtomobil to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda – 83ta avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

“O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari Umidjona Salimova 2021-yilda O‘zbekistonda har 1000 kishida 237 ta avtomobil bo‘lishini va’da bergan edi. Bu natijaga erishish uchun uch yil ichida 5,45 mln dona avtomobil ishlab chiqarish kerak “xolos”. Buning uchun, ishlab chiqarish quvvati o‘zgarmagan taqdirda, GM-Uzbekistanga 30-yil vaqt kerak bo‘ladi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan “45 daqiqada avtomobil”  aksiyasini e’lon qildi

Bundan shuni xuslosa qilish mumkinki - yaqin yillar ichida O‘zbekistonda avtomobillar bozori chaqqon bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda avtomobillar aholi daromadiga nisbatan qimmat. Masalan, GM Uzbekistan ishlab chiqargan eng arzon avtomobil 48 mln so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha maoshi 1,5 mln. so‘m bo‘lgan oila buncha pulni jamlash uchun kamida 3-4 yil vaqt kerak bo‘ladi.

Rossiya va Qozog‘istonda aholi neftdan olingan yuqori daromadlar tufayli aholi ommaviy ravishda import qilingan avtomobillar sotib olishga qurbi yetadi. O‘zbekistonda hozircha aholi daromadlari bu darajada emas.

Mamlakatni ommaviy ravishda avtomobillashtirish uchun yagona yo‘l – bu avtomobilni arzonlashtirish. Ya’ni haqiqiy “xalq avtomobili” yaratish kerak. Arzon bo‘lishi uchun uning barcha ehtiyot qismlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak. Va asosiysi – uning narxi aholi daromadiga muvofiq belgilanishi kerak. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun narxi 1500 – 2000 dollar atrofida bo‘lgan avtomobil mos kelgan bo‘lardi.

Pervie pokupateli «Nexia» poluchili svoi avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil sotib olishdagi muammolarga barham beriladimi

Buning uchun hukumat ishlab chiqaruvchilarga ham xalqqa ham ochiq aytishi kerak – Hozircha shuni minib turamiz, boyib ketganimizdan keyin yaxshiroq avtomobilga o‘tamiz, - deb.

Dunyo bozorlarida xozircha bunday avtomobil yo‘q. Suzuki Maruti, Chery QQ va Tata Nano kabi avtomobillar O‘zbekiston bozori uchun nisbatan qimmat. Demak uni o‘z qo‘li bilan yaratishga to‘g‘ri keladi. Bunday avtomobil 100 % O‘zbekistonda yaratilgan bo‘lib, aynan shu bilan milliy g‘ururni uyg‘otishi kerak.

Ma’lumot uchun  

Dunyo tarixida “xalq avtomobili” degan nom ilk bor 1938-yilda Germaniyada paydo bo‘lgan edi. O‘shanda yosh injener Ferdinand Porshe maksimal darajada soddalashtirilgan, lekin qulay va ishonchli hamda juda arzon ikki eshikli avtomobil loyihasini ishlab chiqadi va uni bir necha avtomobil zavodlariga ishlab chiqarish uchun taklif qiladi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillari QQSdan ozod qilinadi

Mavjud zavodlar avtomobilni ishlab chiqarishga rozi bo‘lmagach, unga Adolf Gitler qiziqish uyg‘otadi va o‘z nutqida kelajakda har bir nemis oilasi ana shunday avtomobilni 990 reyxsmarka evaziga sotib olishiga imkon yaratishni va’da beradi.

Homiylar mablag‘lari va avans to‘lovlar evaziga ushbu avtomobil uchun Volfsburg shahrida alohida zavod quriladi va ungi Volkswagen – deb nom beriladi. (Volkswagen – nemis tilida “xalq avtomobili” degani) Urushdan keyin, ushbu zavodda Ferdinand Porshe yaratgan xalq avtomobili ishlab chiqarila boshlanadi. Unga Volkswagen typ 38, xalq orasida esa   Volkswagen Kafer  (qo‘ng‘iz) deb nom berishadi.

Volkswagen Kafer – insoniyat tarixida eng ommaviy avtomobillardan biri hisoblanadi. 1938 -2003 yillar davomida dunyoning turli burchaklarida 25,5 mln dona VW Kafer ishlab chiqarilgan. 1999 yilda dunyoning nufuzli avtomobil ekspertlari va jurnalistlari  VW Kafer ni “20 asr avtomobili” konkursida 4 o‘rinni egallagan edi.

© WikipediaVolkswagen Typ 1 Käfer
O‘zbekistonga o‘z “xalq avtomobili” kerak - Sputnik O‘zbekiston
Volkswagen Typ 1 Käfer
Yangiliklar lentasi
0