Dunyoda

Koʻz tegdi: Oyda oʻsib chiqqan ilk oʻsimlik nobud boʻldi

© China Xinhua NewsSemena xlopka prorosli na Lune
Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik Oʻzbekiston
Oyning orqa tomoniga qoʻngan, Xitoyning “Chanʼe 4” zondi bortida nish urib chiqqan chigit nobud boʻldi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Oyning orqa tomoniga qoʻngan, Xitoyning “Chanʼe 4” zondi bortida nish urib chiqqan chigit  nobud boʻldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, olimlar oʻsimliklarning nobud boʻlishiga sabab Yerning yoʻldoshida tun ekanligini va unda havo harorati - 170 darajagacha tushishi mumkinligi bilan tushuntirishgan.

Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

Shuningdek, mazkur tajribada oʻsimliklar uzoq umr koʻrishi koʻzda tutilmaganligini taʼkidlangan.

Oyga chigitdan (paxta urugʻi) tashqari, raps (karam turi), kartoshka va moyli oʻsimliklar urugʻlari yetkazilgandi, biroq ularning birortasi koʻkarib chiqmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoyning “Chanʼe-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urugʻlari nish urib chiqqani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala