Mehnat vazirligi oʻzbekistonliklarga 413 mingta doimiy ish oʻrinlarini vaʼda qildi

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami
Yarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami - Sputnik Oʻzbekiston
Mehnat vazirligi 2019 yilda 413 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichga nisbatan 63 mingtaga koʻpdir

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat va bandlik vazirligi 2019 yilda 413 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratishni rejalashtirmoqda, dedi Xalqaro Press Klubning "Oʻzbekistonda xotin-qizlar va oila muammolari: ijtimoiy yordam, ishonch va maqsadli yechimlar" mavzusidagi sessiyasi davomida Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi Timur Maxmudov.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gendirektorom MOT Gayem Rayderom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
XMT rahbari: Oʻzbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan. 

Mehnat vazirligi axborotiga muvofiq, Oʻzbekistonda ishsizsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 9,3%ni tashkil qiladi.

"Ayollar kesimida oladigan boʻlsak, bu koʻrsatkich 13%ni tashkil qiladi, yaʼni oʻrta hisobda haqiqiy ishsiz ayollarsoni 1 million atrofida. Lekin bandligi taʼminlangan, mavsumiy ishlarda ishlayotgan ayollarimiz ham doimiy ishlarga oʻtish, rasmiy sektorda faoliyat yuritish istagini bildiralar. Ularni ham hisoblasak ishsiz, ishga muhtoj ayollar soni 2-2,5 millionga yetadi", - dedi Maxmudov.

Shu oʻrinda, Maxmudov Mehnat vazirligi 2019 yilda 413 mingta doimiy ish oʻrinlarini yaratishni rejalashtirayotganini qoʻshimcha qildi.

"Bundan kamida 50%i, yaʼni 200 mingdan ortigʻi ayollar hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, 13 ming nafar ogʻir turmush sharoitidagi ayollar bandligini taʼminlash boʻyicha ham qator ishlarni amalga oshiramiz. Ularning manzilli roʻyxatlarini shakllantirdik, va bu ayollarni ishga joylashtirish boʻyicha manbalarni aniqlab oldik", - deya izoh berdi mehnat vazirligi vakili. 

Vazirlik rejasiga muvofiq, 2019 yilda 220 ming ayol vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etiladi. Moliya vazirligi tomonidan shu maqsadda 400 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala