Siyosat

Mirziyoyev Hindistonga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyov otbыl v Indiyu
Shavkat Mirziyov otbыl v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Tsentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki doʻstlik qoʻli?

Oʻzbekiston yetakchisini "Ahmadobod" xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xoʻjaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.  

Shavkat Mirziyoyev 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, "Dinamik Gujarat" sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, "Yorqin Gujarat" xalqaro sammiti 9-bor 18-20 yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida oʻtkaziladi. Gujarat - Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlangan regionlaridan biridir. U hindiston milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador regioni hisoblanadi.

Hindistonda Mirziyoyev tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida taʼkidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan "The Hindu" gazetasida "Oʻzbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni boʻladi" nomli tahliliy maqola chop etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala