Nurmagomedov nima uchun Makgregorga revansh bermasligini ma’lum qildi

© REUTERS / Stephen R. SylvanieBoy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurmagomedov 2018-yil 6-oktabr kuni Las Vegasda Makgregov ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda UFC unvonini himoya qilgandi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangini o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda TMZ Sports nashri xabar qildi.

“Yana nima uchun unga revansh berish kerak? O‘tgan jang oldidan u juda ko‘p gapirgandi. Biroq biz oktagonga kirganimizda, uning qo‘lidan hech narsa kelmadi”, - dedi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6-oktabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0