Hodisalar

Toshkentda koʻpqavatli uyning balkonlari qulab tushdi

© Sputnik / Kirill KallinikovBalkon jilogo doma
Balkon jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Balkon qulashining asosiy sababi - balkonga gʻisht oʻrilishi tufayli, osma balkon konstruktsiyasida buzilishlar roʻy bergan

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Toshkentda turar-joy balkoni qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Hodisa bugun soat taxminan 18:40larda yuz bergan. Uchtepa tumani 23-daha № 20 uyda 5-qavatdan 2-qavatgacha boʻlgan bir yoʻla toʻrtta xonadonning balkonlari qulab tushgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar yoʻq.

© GUVDV Tashkente obrushilis balkonы jilogo doma
Toshkentda koʻpqavatli uyning balkonlari qulab tushdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente obrushilis balkonы jilogo doma

Xabarda aytilishicha, qulash sababi - gʻisht oʻrilishi tufayli osma balkon konstruktsiyasida buzilish roʻy bergan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader