Hodisalar

“Vnukovo” aeroportida 13 partiya taqiqlangan goʻsht va sut mahsulotlari ushlandi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishMyasopererabatыvayuщeye predpriyatiye APX "Miratorg" v Bryanskoy oblasti
Myasopererabatыvayuщeye predpriyatiye APX Miratorg v Bryanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻlovchilar tegishli hujjatlarni taqdim etisholmagan. Shu bois bojxona xodimlari mahsulotlarni xavfli deb hisoblashgan.

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Rossiyaning “Vnukovo” aeroportida joriy yilning 6 yanvaridan 14 yanvarigacha  boʻlgan davrda bojxona xodimlari Oʻzbekistondan veterinar sertifikatsiz keltirilgan 13 partiya goʻsht va sut mahsulotlarini qoʻlga olishdi. Bu haqda Moskva va Tula viloyatidagi Rospotrebnadzor boshqarmasining matbuot xizmati xabar qildi.

Idora maʼlumotiga koʻra, mutaxassislar xavfli mahsulotlarni yoʻlovchilarning qoʻl yukidan topishgan.

Gorojane vo vremya prazdnovaniya Dnya sadovoda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik yoʻlovchilarga Rossiyaga meva va sabzavot olib kelish taqiqlandi

“Vnukovo” xalqaro aeroportining yoʻlovchi terminalida Bojxona ittifoqi va Rossiyaning amaldagi veterinar qonunchiligining veterinar-sanitar talablari buzilgan holda keltirilgan nazorat ostidagi mahsulotlarni oʻtkazish toʻxtatib qolindi. Koʻrsatilgan vaqt mobaynida (6-14 yanvar) Oʻzbekiston Respublikasidan kelgan yoʻlovchilarning bagaj va qoʻl yukida 11 partiya sut mahsuloti va 2 partiya goʻsht mahsulotlarini olib kirish holatining oldi olindi”, - deyilgan mintaqadagi Rosportrebnadzor boshqarmasining xabarida.

Xabarda keltirilishicha, ushbu ehtimoliy xavfli yuklar Rossiyaning amaldagi qonunchiligiga binoan yoʻq qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilar uchun bagaji va qoʻl yukida oʻsimlik mahsulotlarini olib kelishlariga vaqtinchalik cheklov oʻrnatgandi.

Nozirlar 2018 yilda jami 134 marta  karantinda boʻlgan mahsulotlarni kiritish holatlarini qayd etishgan.  2017 yilda shunga oʻxshash holatlar 190 marta kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala