Dunyoda

Qirgʻizistonda eng uzun ismli yigit topildi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovPasport i dannыe grajdanina Kыrgыzstana.
Pasport i dannыe grajdanina Kыrgыzstana. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻshda tugʻilgan yigitning ota-onasi unga paygʻambar sharafiga atab ism qoʻyishgan.

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Oʻsh viloyati Kara-kulja tumanining Kenesh qishlogʻida istiqomat qiluvchi 18 yoshli yigitning ismi 17 ta harfdan tashkil topgan. Bu haqda Turmush agentligi xabar qildi.

Yigitning ismi Ibrahimxalilulloh Janыbek uulu. Hozir u Oʻshda tahsil oladi. Qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, uning ismi Ibrohim paygʻambar sharafiga qoʻyilgan. Yigitning oʻzi toʻliq ismini 16 yoshga toʻlib, pasport olmaguncha bilmagan.

V Kыrgыzstane deputatы raskritikovali chinovnika za vneshniy vid - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Bu bozor emas: Qirgʻiziston parlament yigʻilishida amaldor nega haydab yuborildi

“Shu paytgacha meni Ibrahim deb atashardi. Mening shunday uzun ismim borligini shaxsimni tasdiqlovchi hujjat olayotganimda bilganman. Hayratlanganimni yashirmayman. Shu paytgacha uncha qiziqib koʻrmagandim. Avvaliga, albatta, biroz uyalardim, hozir esa gʻururlanaman”, - deydi Ibrahim.

U biror joyda hujjat olmoqchi boʻlsa, undan ismini qanday toʻgʻri yozilishini qayta-qayta soʻrashlarini hikoya qiladi. Otasi esa oʻgʻlining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olayotganda, uning ismini oʻzi yozib qoʻyishiga toʻgʻri kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala