Iqtisod

Oʻzbekiston Rossiyadan pul oʻtkazish boʻyicha yetakchilikni saqlab qoldimi?

© Sputnik / Igor Samoylov / Fotobankka oʻtishDengi
Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Jismoniy shaxslar Rossiyadan 2018 yilning iyul-sentyabr oylarida 12,3 milliard dollar olib chiqib ketishgan.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyadan 2018 yilning iyul-sentyabr oylarida pul joʻnatmalari hajmi boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Mazkur raqamlar Rossiya Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan statistikada keltirib oʻtilgan.

Jismoniy shaxslar Rossiyadan 2018 yilning iyul-sentyabr oylarida 12,3 milliard dollar olib chiqib ketishgan.

Eʼlon qilingan statistikadan maʼlum boʻladiki, jismoniy shaxslar MDH davlatlariga uchinchi chorakda 3,8 milliard dollar joʻnatishgan.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Senat 100 ming soʻmlik banknot namunasi va dizaynini maʼqulladi

MDH davlatlari ichida Oʻzbekiston 1,254 milliard dollar bilan yetakchilikni saqlab qolgan. Yil hisobotida mamlakatga joʻnatilgan oʻtkazmalar 3 foizga pasaygan. Ikkinchi oʻrinda 779 million dollar bilan Tojikiston joylashgan. Qirgʻiziston esa 661 million dollar bilan uchinchi pogʻonadan oʻrin oldi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning ikkinchi choragida Oʻzbekistonga bir millard dollardan ortiq joʻnatmalar kelib tushgan, jumladan 759 million dollar mamlakat fuqarolaridan, 318 million dollar esa Rossiya fuqarolari tomonidan yuborilgan. Bir joʻnatilgan mablagʻning oʻrtacha hajmi 375 dollarni tashkil qiladi.

Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yilga kelib mehnat migrantlarining Oʻzbekistonga joʻnatgan pul hajmi 7,2 milliardgacha yoki bir yarim baravargacha oʻsishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala