Jamiyat

Oʻzbekistonda bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etiladi

Ushbu kitobchadan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalar foydalanishi mumkin.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda. Bu haqda Agentlikning Telegram rasmiy kanalida xabar berildi.

“Mazkur kitobcha yordamida bolalar rus alifbosi bilan tanishtiriladi. Maxsus tugmalar bosilganda har bir harfning ovozli talaffuzi yangraydi va bolalar oʻz talaffuzini ovozli namuna bilan taqqoslash imkoniga ega boʻladi” – deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, har bir sahifada alifbo harflari bilan boshlanadigan narsa-buyumlarning rasmi ham aks etgan. Bolalar bu rasmlar orqali narsa-buyumlar qanday nomlanishini eshitib oʻrganib olishi mumkin. Kitobchada har bir harf uchun oʻsha harf bilan boshlanuvchi toʻrtlik sheʼrlar berilgan. Sheʼrlarning audio shakli ham mavjud. Ushbu kitobchadan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalar foydalanishi mumkin.

Maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab yozuv motorikasini, soʻzlashuv nutqini rivojlantirish bilan shugʻullanish juda muhimdir. Bolalar diqqatini matnga jalb qilishda ushbu ovozli “ABVGDEyka” alifbo kitobi katta yordam beradi.

Jumladan:

- bola u bilan mustaqil shugʻullana oladi;

- u bolaga xohlagancha takrorlash imkonini beradi;

 - bola oʻz shaxsiy ritmi asosida ishlay oladi.

Endilikda Oʻzbekistonda xorijiy davlat diplomlari tan olinadi

“Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019 yilda ushbu kitobning oʻzbek tilidagi “ALIFBO”sini hamda sanoq sonlar va hayvonlar haqidagi variantini chop etishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader