Jamiyat

Oʻzbekistonda er-xotin ajralishiga sababchi boʻlganlar jazolanadi

Oʻzbekistonda shu kechayu-kunduzda oʻttiz mingdan ziyod oila ajrashish yoqasida turibdi, deya bong urmoqda Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Oʻzbekistondagi ajrimalarning aksariyati uchinchi tomon aralashuvi tufayli yuz berayapti, shu bois, aralashayotgan tomonga ham jazo choralarini qoʻllash taklifini kiritmoqdamiz, dedi Xalqaro Press Klub sessiyasidagi chiqishi davomida Oʻzbekiston Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza bergan

"Ajrimlar masalasi juda muammoga aylangan. Shuncha olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, ajrimlar hali keskin kamayishiga erisholmayapmiz. Ajrimlarni biz tahlil qiladigan boʻlsak, koʻpincha uchinchi taraf aralashuvi bilan ajrimlar yuz berayotganligini aniqladik. Shuning uchun biz uchinchi tomon aralashganida, oila buziladigan boʻlsa, uchinchi tarafga ham qandaydir chora koʻrilishini ham qonunlarga oʻzgartirish sifatida kiritmoqchimiz". - dedi Norboyeva.

Xotin-qizlar qoʻmitasi jamiyat oʻzgarayotgan, globallashuv jarayonlari ketayotgan davrda koʻplab qonunlarni yangitdan qabul qilishga ehtiyoj sezilayotganini, shu jumladan, oilaga taalluqli boʻlgan Oʻzbekiston qonunchiligi ham ancha eskirib qolganini, uni qaytadan koʻrib chiqish vaqti kelganini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader