Iqtisod

Oʻzbekistonda gʻoʻzaning yangi navi yaratildi

© Agentstvo po intellektualnoy sobstvennosti UzbekistanaV Uzbekistane poyavilsya novыy sort xlopchatnika
V Uzbekistane poyavilsya novыy sort xlopchatnika - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi gʻoʻza navi Xorazm Maʼmun akademiyasining selektsioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda gʻoʻzaning yangi – “Niyat” navi yaratildi va uni yetishtirish uchun patent berildi, deb xabar berdi Intellektual mulk agentligi.

Yangi “Niyat” gʻoʻza navi Xorazm Maʼmun akademiyasining selektsioner olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan.

Polya gotovыe k kapelnomu orosheniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Paxta, tomchilatib sugʻorish va subsidiya: prezident yangi qarori

Xabarda aytilishicha, ushbu nav tolasining texnologik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” unitar korxonasi laboratoriyasida tahlil qilingan. Tahlillarning koʻrsatishicha, ushbu yaratilgan yangi navlar tolasining sifati unga sanoat ishlab chiqarishi tomonidan qoʻyilgan talablarga javob beradi.

“Niyat” gʻoʻza navini 2019 yilda Xorazm viloyatining ayrim tumanlarida sinov sharti bilan ekishga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekistonda 2019 yilda qancha maydonga paxta ekilishi maʼlum boʻldi

Intellektual mulk agentligi tomonidan Maʼmun akademiyasiga oʻsimlik navi uchun patent berildi, ushbu nav mualliflari D. Akkujin, SH. Qodirov, I. Abdullayev, F. Jumaniyozov, U.Abdurahimov, R. Masharipova, B. Oʻrinovlardan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala