Analitika

Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar

© Sputnik / Mixail Fomichev / Fotobankka oʻtishTaktiko-spetsialnыe ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax
Taktiko-spetsialnыe ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik Oʻzbekiston
"Xavfsiz shahar" atamasi maʼnosida "Toshkent tajribasi" iborasi bugun amaliyotda keng qoʻllanilmoqda. Shu kechayu-kunduzda fuqarolar tinchligi va osoyishtaligi, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yoʻlida oʻzbek militsiyasi tizimida qanday oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda? Sputnik muxbiri yaqinda prezident Mirziyoyev borib, tasdiqlab kelgan IIB boʻlimida boʻldi

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida jinoyatchilik kamaymoqda. Jami jinoyatlar soni  14 030 tadan 7 148 taga yoki 49,05 %ga kamaygan. Bu albatta, bejizga emas. Oʻzbekistonda xalq tinchligi va osoyishtaligi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Oʻzbekiston prezidentining ichki ishlar tizimi boʻyicha 100dan ziyod qaror va farmonlari qabul qilingan.

Sotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
"Superpolitsiya": oʻzbek militsiyasi qulay va koʻrkam formaga oʻtishi kutilmoqda

"Oxirgi ikki yilda birorta boshqa tizimda shuncha hujjat chiqmagan. Toshkent shahri boʻyicha toʻrtta qaror chiqarilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti Chilonzor, Olmazor, Shayhontohur, Yunusobod va Mirzo-Ulugʻbek tumanlariga tashrifi bayonlari tasdiqlangan. Mana shu tashriflar davomida Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada yaxshilash maqsadida koʻplab topshiriqlar boʻladi", deydi Toshkent bosh militsioneri - general-mayor Rustam Joʻrayev.

10 yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti Toshkent shahrida joylashgan Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurgan edi. Oradan bir necha kun oʻtib, bu maskanga mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun ham press-tur uyushtirildi. Aytish joizki, yangi taʼmirlangan va zamonaviy jihozlangan ikki qavatdan iborat Ichki ishlar idorasi bir nechta xizmatlarni oʻzida mujassamlashtirgan noyob markaz koʻrinishini olgan.

Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika boʻlinmasi, tergov boʻlinmasi, jinoyat qidiruv boʻlinmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yongʻin xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan. Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKarta goroda Tashkenta
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Karta goroda Tashkenta

Tezkor navbatchilik qismiga hududni tunu kun nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv tizimi joriy etilgan. Boʻlim tumandagi 7 ta mahallada yashovchi  aholiga xizmat koʻrsatadi.

Endi ichki ishlar idoralariga kelganlar, tik oyoqda navbat kutmaydi. Boʻlimda barcha shart-sharoitlar mujassam etilgan. Hatto oshxona ham mavjud. "Bu yerda faqat militsiya xodimlari ovqatlanadimi?", - degan savolga ichki ishlar xodimlari "Yoʻq, albatta. Idoramizga kelgan fuqarolar ham agar oshxona xizmatidan foydalanishlarini istasalar, bemalol kelib, ovqatlanishlari mumkin", - degan javob berildi.

Binoning birinchi qavatida pasport berish boʻlimi joylashgan va bu yerda elektron navbat tizimi joriy etilgan. Boʻlimga kiraverishda pasport boʻyicha yuzaga keladigan savollarga javob beradigan elektron tarzda javob olish imkonini beradigan interaktiv uskuna va planshet mavjud.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaElektronnoye interaktivnoye tablo dlya polucheniya informatsii v OVD Yunusabadskogo rayona.
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Elektronnoye interaktivnoye tablo dlya polucheniya informatsii v OVD Yunusabadskogo rayona.

Endilikda agar pasport stoli boʻlimiga ishingiz tushsa, tartib raqami beradigan avtomat yoniga borib, kerakli tugmani bosasiz va raqamingiz yozilgan qogʻozni olasiz. Raqamingiz tabloda yonganida, inspektor yoniga borishingiz mumkin. Yuqoridagi suratda aks etgan axborot plansheti esa sizga pasport berilishi, yoki hujjatni yoʻqotsangiz nima qilish lozimligi, davlat boji miqdori va hokazo masalalar haqida ikki tilda (rus va oʻzbek tillarida) maʼlumot berishga moʻljallangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDlya udobstva grajdan v OVD Yunusabadskogo rayona otkrыli daje mini-filial banka.
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Dlya udobstva grajdan v OVD Yunusabadskogo rayona otkrыli daje mini-filial banka.

Ichki ishlar boʻlimining ikkinchi qavatidan videoselektor majlislarini oʻtkazish uchun moʻljallangan konferents-zal, tergovchilar xonalari, psixolog xonasi, bolalar xonasi va maxsus tergov xonasi oʻrin olgan.

Destkaya komnata v OVD Yunusabadskogo rayona
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Destkaya komnata v OVD Yunusabadskogo rayona

Aytish joizki, IIBda tashkil etilgan maxsus tergov xonalari alohida eʼtiborga molik. Bu yerda eng soʻnggi zamonaviy axborot kommunikatsiyalari, jumladan soʻroq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, audio- va video qayd etish vositalari, shuningdek bir tomonlama koʻrish imkonini beruvchi maxsus "Gezella" oynasi oʻrnatilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSpetsialnaya komnata dlya doprosa v OVD Yunusabadskogo rayona
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Spetsialnaya komnata dlya doprosa v OVD Yunusabadskogo rayona

Tashkil etilgan mazkur maxsus xonalar soʻroq, yuzlashtirish, shaxsni tanib olish, masofadan turib videokonferensaloqa tizimida tergov harakatlarini olib borish imkonini berish bilan birga dalillarni toʻplash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik va xolislikni taʼminlaydi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSpetsialnaya komnata dlya doprosa
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Spetsialnaya komnata dlya doprosa

Bu kabi maxsus xonalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlarini taʼminlash, ularning shaʼni va kadr-qimmati kamsitilishiga chek qoʻyishga va jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoxud kadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari kabi noqonuniy usullarni qoʻllashni bartaraf etishga xizmat qiladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInspektor po delam jenщin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Inspektor po delam jenщin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova

Endilikda IIB eshiklari hayotiy ogʻir vaziyatga, ruhiy koʻmakka, maishiy zoʻravonlikka yoki huquqiy yordam olishni istaydigan ayollar uchun ham tunu-kun ochiq.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor - mayor Maqsuda Xoʻjanazarova har qanday turdagi yordamga muhtoj xotin-qizlarga koʻmak berishga tayyor. "Ayol kishi tilini ayol tushunadi", degan aqidaga rioya qilgan holda shu lavozim joriy etilgan. Bu turdagi ishlar voyaga yetmagan yoshlar masalalari boʻyicha inspektor hamda psixolog hamkorligida amalga oshiriladi.

© GUVD g.TashkentaZamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar - Sputnik Oʻzbekiston
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev

"Biz oʻz oldimizga ichki ishlar idoralariga nisbatan xalq ishonchini oshirish maqsadini qoʻyganmiz. Mana, koʻrdilaringiz, tumanlardagi ichki ishlar boʻlimlari mini-IIBBlarga aylanayapti. Fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish uchun biz barcha xizmatlarni bir joyda jamlaganmiz. Navbatchilik qismi, tezkor vakillar, tergovchi, ekspert, migratsiya va kantselariya xodimlari barchasi yigʻilgan. Yana qoʻshimcha texnika berilishi kutilyapti. Va bugungi kunda militsiya xodimlarida mana shu boʻlimlarda xizmat qilish sharaf degan bir tuygʻu shakllanmoqda", - dedi Toshkent shahar IIBB rahbari Rustam Joʻrayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader