Jamiyat

U fohishalar va yolgʻiz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInspektor po delam jenщin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova
Inspektor po delam jenщin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik Oʻzbekiston
Maqsuda Xoʻjanazarova — Yunusobod tumani IIB ayollar masalalari boʻyicha inspektor. U kundan-kunga oʻzbekistonlik ayollarga yordam berishga harakat qilmoqda: sobiq jinoyatchilar, yolgʻiz ayollar va fohishalar Maqsuda tufayli toʻgʻri yoʻldan borishmoqda. Xizmat qiyinchiliklari va ilk muvaffaqiyatlar haqida IIV vakili Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar boʻlimiga tashrif buyurib, huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar bilan muloqot qildi. Davlat rahbari tashrif davomida huquqiy tartibotni muhofaza qilish va jinoyatlar profilaktikasi boʻyicha tizimni takomillashtirish boʻyicha qator tavsiyalarni berdi. Prezident har bir huquqni muhofaza qilish organida jinoyatchilikning joyi va turi boʻyicha chuqur maʼlumot boʻlishi va  davlat idoralari, jamoat tashkilotlari muntazam birga ishlashini mamlakatning tinchlik garovi deb hisoblaydi.

Taktiko-spetsialnыe ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sputnik reportaji: oʻzbek militsiyasi idorasidagi oʻzgarishlar

Davlat oʻz navbatida IIV tuzilmasini modernizatsiyalash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrmoqda. Yunusobod IIB bugungi kunda mutlaqo oʻzgargan. Baland devor, panjaralar bu idorada endi yoʻq, militsiya xodimlari va fuqarolar yuzma-yuz oʻtirib gaplashishlari uchun barcha shart-sharoit hozirlangan. Hatto, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektron uskunalar joriy etilgan. Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika boʻlinmasi, tergov boʻlinmasi, jinoyat qidiruv boʻlinmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yongʻin xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Hozircha shunga oʻxshash amaliyot faqat Yunusobodda joriy etilgan. Lekin tez orada ayol ispektorlar Shayhontohur  va Olmazor tumanlarida ham oʻz faoliyatlarini boshlashadi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri inspektor Maqsuda Xoʻjanazarova bilan suhbatlashib, ayol kishining bu kabi maʼsuliyatli, ogʻir va nozik jins vakillariga xos boʻlmagan kasbda faoliyat yuritishi qandayligini tushunishga harakat qildi.

Maqsuda mutaxassisligi boʻyicha yurist. U 12 yil tergovchi boʻlib ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga atigi bir oy boʻlgan. Maqsudaning tan olishicha, u bir kun kelib ish kabinetidan uzoqlashishi va xalq ichiga kirib borib, hech bir mubolagʻasiz, fuqarolik va ijtimoiy jasoratlar koʻrsatishini hech qachon hatto hayoliga ham keltirmagan.

- Maqsuda, ishingiz nimadan iborat va odatdagi ish kuningiz nimadan boshlanadi?

- Oʻzbekiston prezidentining qaroriga binoan, har bir mahalla va tumanlarda xotin-qizlar ishlari boʻyicha katta inspektorlar taʼsis etilgan. Mening hududim 7 ta mahallani oʻz ichiga oladi (20 mingdan ortiq ayol), va har bir mahallada bittadan inspektor ishlaydi.

Sotrudnik pravooxranitelnыx organov na fone mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
"Superpolitsiya": oʻzbek militsiyasi qulay va koʻrkam formaga oʻtishi kutilmoqda

Bizning asosiy vazifamiz – jinoyatchilik profilaktikasi va qaydda yoki maʼmuriy nazoratda turgan yoki muqaddam sudlangan ayollarni qoʻllab-quvvatlash. Bu lavozimga tayinlanganimga atiga bir oy boʻldi. Lekin bu yerda naqadar turli va murakkab kishilar yashashini allaqachon tushunib yetdim. Ular orasida fohishalar, qoʻshmachilar, taʼqiqlangan diniy ekstremik guruhlarda boʻlgan ayollar, yolgʻiz onalar, shuningdek, notinch va yaxshi oiladan boʻlmaganlar ham bor. Fuqarolarning shunga oʻxshash toifasi bilan ish olib boramiz.

Biz ularning takroran biror jinoyatga qoʻl urmasliklari va toʻlaqonli yaxshi hayotga qaytishlari uchun qoʻlimizdan kelgan hamma narsani qilamiz.

Mening odatdagi ish kunim haqida toʻxtaladigan boʻlsak, u tezkor maʼlumotlarni oʻrganishdan boshlanadi. Bundan tashqari, men har bir mahalladagi xotin-qizlar ishlari boʻyicha inspektorlar hamda domkom va koʻcha kattalari bilan hamisha aloqada boʻlaman. Shundan soʻng mahallaga chiqib, ishimni olib boraman.

- Siz shuncha kuch va vaqtingizni ajratayotgan mashaqqatli xizmatingizga turmush oʻrtogʻingizning munosabati qanday?

- (Jilmayadi) Meni tushunadi. Bu uchun undan minnatdorman.

- Mahallalarda xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari bor, sizning ishingiz ular faoliyatidan nimasi bilan farq qiladi?

- Ha, mahallalarda turmush muammolari bilan shugʻullanishadi, masalan, qaynona va kelin oʻrtasida boʻlib turadigan muammo va tortishuvlar, ajrashish shartlari, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nizolarni tartibga solishni hal qilishadi. Ammo soʻnggi paytlarda joylarda shunga oʻxshash muhim muammolarni hal qilish uchun malakali, huquqiy maʼlumotga ega mutaxassislar yetishmasligi ravshan boʻldi.

Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev oʻzbek militsiyasi qanday boʻlishi kerakligini aytdi

Hozirda har qaysi mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar huquqiy xususiyatga ega boʻlgan savollarni berishadi: aliyentlarni qanday undirib olish mumkin, ajrashganda molu mulk qanday taqsimlanadi – kvartira kimga qoladi, bolalarchi. Men boy tajriba va huquqshinoslik maʼlumotiga ega boʻlgan holda, odamlarga konsultativ yordam hamda qonunchilik nuqtai nazaridan har qanday savolga javob bera olaman.

- Maqsuda, qoʻlingizda bir dasta qogʻoz – hayotda yanglishgan ayollar roʻyxati. Siz ularni jinoyatga qoʻl urishlariga nima undaganini oʻrganib chiqdingizmi?

- Shubhasiz, biz muammoni hal qilish uchun har qanday aniq holatni tahlil qilamiz. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, koʻpincha ayollar moliyaviy ahvolining ogʻirligi tufayli jinoyatga qoʻl urishadi. Eridan ajrashgan, 2-3 nafar farzandi bor yolgʻiz ona yoki turmush oʻrtogʻi oylab xorijga ishlashga ketib, ammo bir tiyin ham joʻnatmayotgan bir vaqtda bir oʻzi oilasini boqayotgan ayolni koʻz oldingizga keltiring. U axir nafaqat bolalarini taʼminlashi, balki ularni yedirib-ichirishi, bogʻcha va maktab pullarini toʻlash kerak-ku. Shu holatlarda koʻpchiliklari qonundan chetga chiqib, jinoyatga qoʻl urishadi.

Mahallalar bizga ishsizlar roʻyxatini taqdim etadi, biz esa bandlikni taʼminlash markazlariga ariza joʻnatamiz. Koʻp hollarda bu ayollarning biror mutaxassisligi boʻlmaydi, lekin ishlash va tayinli kasbni egallash istaklari bor. Biz hozir hokimiyat bilan birgalikda tikish va pazandachilik kurslarini tashkil qilyapmiz.

Sotrudniki militsii okolo zdaniya TSUMa v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Militsiya politsiyaga aylantirilsa, nima oʻzgaradi? Ekspertlar fikri

Mana (surat va hisobotlarni koʻrsatadi) yaqinda ikkita farzandi bor Umidaga yordam berdik. Uning oʻzi majruh, shuning uchun hamma joyda ishlolmaydi. Lekin biz ayolning chiroyli toʻqish qobiliyati borligini bildik. Umidani yigirilgan ip bilan taʼminlash uchun homiylar bilan kelishishga muvaffaq boʻldik. U oʻzi toʻqigan mollarni sotib, daromad olishi mumkin. Men unga mahallada toʻqish kurslarini ochishini ham maslahat berdim. Ishonchim komilki, bu hunarni oʻrganmoqchi boʻlgan qizlar topiladi.

Bunday yondashuv yordam tariqasidagi mablagʻ yordamidan ancha yaxshiroq – inson uning mehnati talabgar ekanini koʻradi. Bu unga nafaqat pul, balki quvonch va oʻz mashgʻulotidan lazzat olib keladi.

Men Umidani qoʻllab-quvvatladim va unga faqat olgʻa intilishini aytdim. Biz esa barcha kerakli yordamni koʻrsatishga tayyormiz.

- Siz roʻyxatga olinganlar orasida yengiltak ayollar ham borligini aytib oʻtdingiz. Ular bilan qanday ish olib boriladi?

- Biror muammoni hal qilish uchun uning negiziga nazar solish kerak – nima uchun bunday boʻldi, qaysi holatlar ayolni bu ishga undadi, u qanday hayot kechiradi. Shunga oʻxshash ayollarning uyiga kelib, haqiqiy sabab nimada ekanligini darhol anglaysan.

Har bir alohida holat boʻyicha turlicha ish olib boramiz. Avvaliga vaziyatni oʻrganamiz, undan keyin esa insonni toʻgʻri hayotga qanday qaytarish mumkinligi haqida qaror qabul qilamiz.

Spetsproyekt Obucheniye planshetnoy gramote dlya lyudey starshego vozrasta v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek militsionerlariga fuqarolar shaxsini aniqlash uchun planshetlar beriladi

Fohishalik bilan shugʻullanayotgan qizlarning koʻpchiligi poytaxtga viloyatlardan kelishgan. Aksariyat hollarda ular ota-onalariga enaga, kasalga qarovchi boʻlib yoki restoranda ishlab pul topyabman, deb aytishadi, yoki boʻlmasa, oʻqiyapman, deb aldashadi.

Biz birinchi navbatda shunday qizlarni uylariga, oilalariga qaytarishga harakat qilamiz. Agar koʻnmasalar, ish bora-bora jinoiy tus olsa, qonun buzuvchilarning oʻzini ogohlantirgandan soʻng bu masalani mahalla muhokamasiga qoʻyamiz. Fuqarolar yigʻinida bu qizlarning ota-onalariga qizlari haqiqatdan nima ish bilan shugʻullanayotgani haqida xabar qilishadi. Qishloq joylarida esa, oʻzingiz bilasiz, or-nomus juda kuchli.

Shundan keyin koʻpchilik ish topish uchun uyiga qaytishga majbur boʻladi. Ular orasida keyinchalik ishlab, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish uchun oliygohga hujjat topshiradiganlari ham yoʻq emas.

- Oilaviy muammolarni qanday hal qilasiz?

- Bizda muammoli olilalar roʻyxati bor. Ulardan psixolog yoki voyaga yetmaganlar boʻyicha inspektor bilan birgalikda xabar olamiz. Shunday oilaning har bir aʼzosi bilan alohida suhbatlashamiz, ayniqsa, ajralish xavfi yoki zoʻravonlik holatlari gumoni boʻlsa.

Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir - Sputnik Oʻzbekiston
General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

Men huquqshunos sifatida ularning muammolarini tinglashim, maslahat berishim mumkin, lekin psixologning roli boshqa. Shuning uchun bunday uchrashuvlarning har biridan soʻng psixolog menga biz xabar olgan ayol xususida tavsiyalar beradi, masalan, u qanday holatda, oʻz joniga qasd qilishga moyilligi bor-yoʻqligi va boshqa xususda aytadi. Shular asosida bu vaziyatda qanday yordam berish kerakligi haqida qaror qabul qilamiz.

Shuni qayd qilmoqchimanki, bizning barcha yettida mahallamizda oʻtgan yili va joriy yilning ikki haftasi mobaynida birorta ham oʻz joniga qasd qilish holatlari kuzatilmadi.

Bundan tashqari, biz ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari ishlashga ketgan oilalarni alohida nazorat ostiga oldik. Bu tegishlicha eʼtibor yoki moliyaviy yordamsiz qolgan ayollar va bolalarga zudlik bilan yordam berish maqsadida tashkillashtirilgan.

- Odamlarning ishingizga boʻlgan munosabati qanday? Ular bilan til topishish imkoni boʻlyapdimi?

- Men soʻngi bir oy ichida juda koʻp xulosalar chiqardim: inson oʻz ishini, kasbini sevsa, u koʻp narsalarga erishishi mumkin ekan. Uyma-uy yurib, odamlarga oz boʻlsada yordam berganimda, ular koʻzlarida jiqqa yosh bilan minnatdorlik bildirishadi. Odamlardan keyingi paytlarda: "Nahotki, siz, militsiya xodimlari shunday boʻlishingiz mumkin?", degan gaplarni juda koʻp eshitayapman. Tan olaman, koʻp yillar davomida kabinetda oʻtirib ishladim, lekin bir dasta qogʻoz bilan ishlash boshqa ekan, xalqning ichiga kirib borib ishlash va ularning turmush tarzini koʻrib, xulosa chiqarish boshqa ekan. Biz endi xalqning tashvish va muammolarini tushuna boshladik. Men oʻzimni haqiqatdan foydali inson ekanligimni his etib, hatto kichik yutuqlarimdan ham sevinishni oʻrgandim.

Oʻzbek militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi

- Siz oʻzbek ayollariga hayotning qiyin vaziyatlariga tushib qolmasliklar uchun qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

- Birinchi navbatda ayollarimiz oʻz farzandlariga koʻproq vaqt ajratishlarini istardim. Oʻzim ikki farzandni tarbiyalayman, shu bois mamlakatimiz kelajagi va davlatimizning ijtimoiy farovonligi yosh avlodga bogʻliq ekanini juda yaxshi bilaman.  

Agarda ayollarda muammolar yuzaga kelsa, eshigimiz hamisha ochiq. Biz allaqachon yigirma toʻrt soatli rejimga oʻtganmiz, kelishsin, bizning mutaxassislarimiz ularga yordam berishadi. Biz bu yil roʻyxatda turgan hamma ayollarni ish bilan taʼminlashni, turmush qurmagan yoki yolgʻizlarni turmushga berishni, eng asosiysi esa ular hayotiga sogʻlom muhitni kiritmoqchimiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala