Sharqiy Qozog‘istonda bir oila muz ostiga kirib ketdi, besh yashar qizaloq halok bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishUcheniya po likvidatsii DTP na ledovoy pereprave v Kazani
Ucheniya po likvidatsii DTP na ledovoy pereprave v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muz tagiga kirib ketgan avtomobil salonida besh kishi bo‘lgan - er-xotin va uch nafar bolalar

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Sharqiy Qozog‘istonda ichida odamlari bo‘lgan avtomobil Buxtarmin suv omborida muz ostiga kirib ketdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Fojea 18-yanvar, juma kuni soat kechki to‘qqizlarga yaqin Kurchum tumani Algabas qishlog‘i yaqinida yuz bergan.

"VAZ-2019" avtomobili muzlagan suv omboridan harakatlanayotib, suv tagiga kirib ketgan. Avtomobil salonida besh kishi bo‘lgan - er-xotin va ularning uch nafar farzandlari. To‘rt nafari mustaqil chiqib olishgan, besh yashar qizaloq cho‘kib ketgan.

Shanba kuni ertalab qutqaruvchilar cho‘kib ketgan qizaloqni qidirishni boshlaganlar. 

Qozog‘istonda shu hafta temperatura ilishi kuzatilmoqda va shu bois, suv omborlaridagi muzlarga ishonch yo‘q, deb ogohlantiradi nashr.

Yangiliklar lentasi
0