Dunyoda

Afgʻonistonlik nashafurushlar Tojikiston fuqarosi uchun pul talab qilmoqda

© Sputnik / Amir Isayev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Tadjikistan
Stranы mira. Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonlik narkotik sotvuchilar oʻgʻirlab ketilgan Tojikiston fuqarosi uchun 40 ming dollar talab qilmoqda.  

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Afgʻonistonlik narkotik moddalar sotuvchilari tojikistonlik choʻpon Toʻraxon Nurmatovni ozod qilish uchun 40 ming dollar talab qilishmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston, “TojikTA” xabariga asosan.

Qoʻlga olingan narkotik sotuvchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MXX Tojikistondan narkotik keluvchi ikki "kanal"ni fosh etdi

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi yoʻqolib qolgan fuqaro T. Nurmatovni qidirish ishlari hozircha muvaffaqiyatga olib kelmaganini va ayni damda ushbu muammoni hal qilishda Afgʻoniston chegara qoʻshinlari yordam berishga urinayotgani taʼkidlashdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, T. Nurmatov Mishkoron qishlogʻida yashovchi fuqaroning uyida choʻpon boʻlib ishlagan. Biroz oldin u fuqaro narkotik moddalari kontrabandasida ayblanib qamalgan, uning yonidan topilgan narkotik moddalar esa musodara qilingan.  

Shundan soʻng afgʻonistonlik nashafurushlar oʻzlarining yoʻqolgan “tovar”i evaziga aybsiz choʻponni oʻgʻirlab ketishgan. Ayni damda Tojikiston fuqarosi Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida sogʻ-omon saqlanayotgani aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala