Turizm

Germaniya Oʻzbekistonga kelayotgan turistlarni ogohlantirdi

© REUTERS / FABRIZIO BENSCHFlag Germanii, prispuщennыy v znak traura.
Flag Germanii, prispuщennыy v znak traura. - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniya TIV Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlarni chegaraga yaqin hududlardagi xavflardan hamda koʻcha jinoyatchiligidan ehtiyot boʻlishga chaqirdi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonga otlangan turistlarni bir necha xavflar haqida ogohlantirdi.

“Oʻzbekistonda umumiy vaziyat tinch boʻlishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo hududida faoliyat yuritayotgan islomiy kuchlardan ehtiyot boʻlish kerak, ayniqsa chegaraga yaqin hududlarda”, - deyilgan xabarda.

Germaniya TIV xabarida sayyohlar ayniqsa Fargʻona vodiysining Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasiga yaqin hududlarida ehtiyot boʻlishlari kerakligi va ushbu hududlarda chegaraning ayrim joylari haligacha minalashtirilgan boʻlishi mumkinligi aytib oʻtilgan.

Ploщad i Dvorets Drujbы narodov s gigantskim flagom Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ekspertlar Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb tan olishdi

Undan tashqari germaniyalik turistlarga tungi vaqtlarda koʻchalarda yolgʻiz yurmaslik, imkon qadar guruhlar tarkibida sayohat qilish hamda oʻz buyumlariga ehtiyot boʻlish tavsi etilgan.

Shuningdek, gepatita A, koʻkyoʻtal, qizamiq kasalliklariga  qarshi emlanish tavsiya etilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada International SOS va Control Risks kompaniya tomonidan 2019 yilga sayyohlar uchun tavsiya qilingan xavfsizlik xaritasida, Oʻzbekiston xavfsizlik darajasi nisbatan past boʻlgan, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Kanada bilan bir qatorda  koʻrsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala