Xorazm viloyati delegatsiyasi Malayziyaga yo‘l olmoqda

© Sputnik / Fayed El-Geziri / Mediabankka o‘tishMalaysia Daily Life
Malaysia Daily Life - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati ishbilarmonlari Malayziyada biznes forumi va "B2B" shaklidagi muzokaralarda ishtirok etadi.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat ishbilarmonlar vakillari ishtirokidagi delegatsiya 23-26 yanvar kunlari Malayziyada bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Malayziyalik musulmonlar O‘zbekistonga "kichik haj"ga kelishadi

Tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importorlar, turistik kompaniyalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporatsiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va «B2B» shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tadi, deyilgan O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lumotida.  

Kelishuvlar natijalariga ko‘ra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning yetakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan, respublikaga investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida, viloyat hokimiyatlari va elchixonalar hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston sarmoyaviy hamda turistik salohiyatlarini keng namoyish qilish bilan shug‘ullanadi.   

Yangiliklar lentasi
0