Hodisalar

Meksikada quvur portlashi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 70dan oshdi

Meksikada benzin quvuridan aholi tomonidan ommaviy yonilgʻi oʻgʻirlash vaqtida kuchli portlash va yongʻin sodir boʻldi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Meksikaning Idalgo shtatida quvur portlashi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 70 dan oshi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Milenio TV xabariga asosan.

Mahalliy telekanal xabariga aytilishiga koʻra, Idalgo shtati gubernatori Omar Fayyad quvur oldidagi kanalda olib borilgan qazish ishlari natijasida yana bir necha kishining jasadi topilganini maʼlum qilgan.

Migrantы iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspыlennogo amerikanskimi pogranichnikami - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

Eslatib oʻtamiz, juma kuni Meksika hududi orqali oʻtgan yirik “Tuspan-Tula” benzin quvuri, benzin oʻgʻirlash maqsadida, noqonuniy ravishda teshilganligi maʼlum boʻladi. Keyinchalik ushbu teshik kattalashib quvurdan katta miqdorda benzin favvorasi otilib chiqa boshlaydi.

Tekin benzindan foydalanib qolish maqsadida yuzlab mahalliy aholi vakillari kanstr va bidonlar bilan quvur yoniga toʻplangan vaqtda kuchli portlash sodir boʻladi. Shundan soʻng ulkan maydondan yongʻin chiqadi.

Soʻnggi vaqtlarda Meksidaka quvurlardan noqonuniy ravishda yonilgʻi oʻgʻirlash holatlari avj olgan edi. Buni oldini olish maqsadida, hukumat hatto yonilgʻini tsisternalarda tashishga oʻtgan edi. Mavjud quvurlar va yonilgʻi omborlari esa armiya yordamida qoʻriqlashga oʻtgan. Benzin yetkazib berishda muammolar tufayli mamlakatning ayrim hududlarida AYOQShlarda ulkan navbatlar kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala