Dunyoda

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga joʻnab ketdi

Tashrif doirasida Oʻzbekiston prezidenti Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kantsler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya kantsleri Angela Merkelning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga joʻnab ketdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek xabarda iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan, Oʻzbekiston xalqining manfaatini taʼminlash yoʻlida katta maqsadlar koʻzlangani ham aytib oʻtilgan.

Pravitelstva Germanii i Uzbekistana zaklyuchili soglasheniye o finansovom sotrudnichestve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Germaniya hukumati Oʻzbekistonga 12,3 million yevro ajratadi

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi 22 yanvarga qadar davom etadi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston prezidenti Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kantsler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Bu Oʻzbekiston prezidentining YEI mamlakatlariga boʻlgan ikkinchi tashrifi boʻladi. Oʻtgan yilning oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Frantsiyaga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala