Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yil birinchi fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. “Hudud” axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni bajarish maqsadida bundan buyon davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur yoʻnalishdagi ishlari Xalq qabulxonalari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Xalq qabulxonalarining aholi muammolari bilan ishlash samaradorligi indeksini aniqlashda uyma-uy yurish orqali oʻrganib chiqilgan uy xoʻjaliklari, ijtimoiy va boshqa obʼyektlar, muammolarni hudud darajasida hal etilishi holati, respublika darajasida hal etilishi belgilangan muammolarni hal etish uchun zarur choralar koʻrish darajasi, muammoni hal etishning oʻrtacha muddati kabi mezonlarga tayanilishi rejalashtirilgan.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq qabulxonalari oʻzbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni ijro etish asnosida endi mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati konkret mahalladagi ijtimoiy infratuzilmalar, iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy soha obʼyektlarining holatidan kelib chiqib, “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratilgan holda baholanadi.

“Hudud” axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi. Natijada Xalq qabulxonalari xodimlari, sektorlar shtablari aʼzolari qogʻoz koʻrinishida turli hujjatlarni toʻldirish, yuritish, rasmiylashtirish, saqlash kabi ishlardan xalos boʻlib, asosiy vaqtini fuqarolar bilan koʻproq bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida oʻrganish uchun uzoq hududlarga chiqish ishlariga safarbar etadi.

Inspektor po delam jenщin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
U fohishalar va yolgʻiz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

Shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlimlari faoliyati hamda ular koʻrsatadigan xizmatlarga oid tartib-qoidalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron toʻlov vositalari orqali aholiga toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqariladi.

2019 yilning 1 iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari veb-saytlarini, 2020 yilning 1 yanvariga qadar tuman va shahar boʻlinmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qoʻyilgan.

Bu esa oʻz oʻrnida fuqarolarning davlat organlarining hududiy boʻlinmalariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala