Jamiyat

Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi

© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaNagrajdeniye Alana Abdullayeva blagodarstvennыm pismom
Nagrajdeniye Alana Abdullayeva blagodarstvennыm pismom - Sputnik Oʻzbekiston
Olamafruz Abdullayevga 2018 yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin boʻlgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik koʻrsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik Olamafruz Abdullayev kuni kecha Rossiya Kudo federatsiyasi va Chelyabinsk viloyati Kudo federatsiyasi prezidentlari tomonidan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Abdullayev Alamafruz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik

Hujjatda Abdullayevga 2018 yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin boʻlgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik koʻrsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.

“Har bir soniyada oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda qahraton sovuqda 12 soatdan ortiq vaqt davomida beton vayronalar ostidan odamlarni qutqargan. Alan, sen bilan Rossiya fahrlanadi va mamlakatimizning barcha aholisi minnatdorlik bildiradi”- deyilgan hujjatda.

Ushbu yorliqlar Abdullayevga Kudo boʻyicha musobaqaning ochilish marosimida tantanali ravishda topshirildi.  

Oʻzbekistonlik yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga koʻmaklashdi - vayronalarni tozaladi, yongʻinni oʻchirishga yordam berdi.

© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaBlagodarstvennoye pismo Alanu Abdullayevu
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Blagodarstvennoye pismo Alanu Abdullayevu
© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaBlagodarstvennoye pismo Alanu Abdullayevu
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik qahramon taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Blagodarstvennoye pismo Alanu Abdullayevu

Qutqarilgan tojikistonlik Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.

Oʻzbekistonlik yigit esa oʻzini qahramon deb hisoblamaydi.

Abdullayev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Termezda kollejni tamomlagan. U Oʻzbekiston fuqarosi, kelib chiqishi esa tojik, oʻzbek va tojik tilida erkin soʻzlasha oladi.

Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.

Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Boʻsh vaqtida “kudo” sport turi bilan shugʻullanadi. Uning murabbiysi Chelyabinsk viloyati kudo federatsiyasi prezidenti Vladimir Ostapchenko.

Magnitogorskdagi fojia

2018 yil 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida koʻpqavatli uylarning birining podʼyezdi oʻpirilib tushdi.

Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazildi.

Oradan bir sutka oʻtgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuatsiya qilindi.

Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sogʻligʻida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qoʻl mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala