Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

© REUTERS / Kim Kyung-HoonMujchina proizvodit nastroyku kamer nablyudeniya
Mujchina proizvodit nastroyku kamer nablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namanganda fohishalar yashaydigan uylar, kompyuter o‘yinxonalari va spirtli ichimliklar sotish do‘konlari yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatmoqda.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Namanganda, barcha fohishaxonalar, kompyuter o‘yinxonalari va spirtli ichimliklar sotish do‘konlari yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, deb xabar qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati, o‘zining telegram kanalida.

Ustanovka veb-kameri - Sputnik O‘zbekiston
Post-patrul xizmati xodimlari videokamera bilan ta’minlanadi

“Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Mikrorayon hududidagi barcha fohishalik bilan shug‘ullanib ro‘yxatga tushgan xonadonlarni kirish yo‘laklariga, ko‘ngilochar maskanlarga, kompyuter o‘yinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish do‘konlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar bo‘limlariga ulangan bo‘lib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tunu-kun nazoratga olinadi. 

Namangan viloyati hokimiyati fuqarolarni birgalikda Namangan shahrida jinoyatchilikni oldini olish uchun kurashga taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bir necha kishi 2 nafar o‘smirni behush holga tushib qolguniga qadar shafqatsiz kaltaklagani videosi tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0