O‘zbekistonlik Rossiyaga 60 kilodan ortiq qulupnay olib kirishga urindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishKlubnika.
Klubnika. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosselxoznadzorning navbatchi inspektori Xabarovsk aeroportida qulupnay mevasini yo‘q qilishiga to‘g‘ri kelgan.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan Rossiyaning Xabarovsk shahriga 60 kilogrammdan ortiq qulupnay olib kirishga urindi. Bu haqda mintaqadagi Rosselxoznadzor boshqaramasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xorijiy fuqaroning yonida fitosanitar sertifikati bo‘lmagan, shu bois inspektorlar qulupnay mevasini musodara qilib, yo‘q qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, bojxona normalariga binoan, Rossiyaga karantin ostidagi mahsulotlarni besh kilodan ziyod bo‘lmagan miqdorda tegishli hujjatlarsiz olib kirish mumkin.

Avvalroq Chelyabinsk viloyatida Rosselxoznadzor xodimlari Rossiya va Qozog‘iston chegarasida xurmo mevalari ortilgan 10 ta yuk avtomobilini kiritmagan edi. Xurmo mevalari O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan bo‘lgan. Ammo haydovchilarning tegishli sertifikatlari bo‘lmagan.

Yangiliklar lentasi
0