AQSh yirik brendlari o‘zbek tekstilini boykot qilmoqda, O‘zbekiston vaziyatni o‘nglamoqchi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishPriyomka i uchot tkani na fabrike
Priyomka i uchot tkani na fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Hukumat delegatsiyasi Cotton Campaign koalitsiyasi majlisida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l olmoqda

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. Fevral oyi boshida O‘zbekiston Hukumat delegatsiyasi AQShga ishchi tashrif bilan boradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston paxta sotish sxemasini yana bir bor o‘zgartirdi

Delegatsiya tarkibida Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norbaoyeva va bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bo‘ladi.

Majburiy mehnatni yo‘q qilish masalalari uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston vakillari har yili o‘tkaziladigan Cotton Campaign xalqaro koalitsiya majlisida ishtirok etadilar.

Ushbu yig‘inda paxta yetishtirishda bolalar va majburiy mehnatni ildizi bilan yo‘qotish tarafdorlari bo‘lgan mehnat va huquq himoyachilari bo‘lgan nodavlat tashkilotlari, biznes va investitsion kompaniyalar ishtirok etishadi.

Tashrifning asosiy maqsadi - AQSh yirik brendlari tomonidan O‘zbekiston tekstil mahsulotlarining boykot qilinishini bekor qiluvchi kelgusi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Tashrif dasturidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlari, amerikaning yirik ishlab-chiqarish uyushmalari, Amerika kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi, AQSh moda industirasi assotsiatsiyasi, riteyllar va kasaba uyushmalari tashkilotlari, Amerika mehnat federatsiyasi va sanoat tashkilotlari kongressi va boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek, Nike, Zara, GAP, Levi’s, H&M, UNIQLO va boshqa ko‘plab yirik va taniqli brend korxona vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Delegatsiya shuningdek, Oq uy, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi, AQSh savdo vakili ofisi va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab-chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirdi >>>

Yangiliklar lentasi
0