O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olishlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNatsionalnoe Reytingovoe agentstvo
Natsionalnoe Reytingovoe agentstvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng kam oylik ish haqi ta’lim sohasida - 1,3 mln so‘m (156 dollar) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 1,1 mln so‘m (130 dollar).

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 2018-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda eng yuqori o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bank sohasi xodimlarida, eng kami esa sog‘liqni saqlash sohasida qayd etildi. Mazkur raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirilgan.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng kam ish haqi 500 mingdan oshiq etib belgilandi

Ma’lumotlarda keltirilishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,8 mln so‘mni (216 dollar) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilning mos davriga nisbatan 25,0 foizga o‘sgan.

Ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

O‘zbekistonda eng yuqori daromadlar bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohalarida: ular bir oyda o‘rtacha 3,5 mln so‘m (420 dollar) olishadi.

Eng kam oylik ish haqi ta’lim sohasida - 1,3 mln so‘m (156 dollar) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida - 1,1 mln so‘m (130 dollar).

Savdo xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 1,9 mln so‘mni (228 dollar) tashkil etdi, qurilishda - 2,2 mln so‘m (265 dollar), tashish va saqlashda - 2,5 mln so‘m (300 dollar), san’at, ko‘ngilochar va dam olish sohasida - 1,6 mln so‘m (190 dollar).

Avvalroq  hukumat qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritilgani va endilikda O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emasligi haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0