O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Haj shartnomasi imzolandi

© REUTERS / ZOHRA BENSEMRAMusulmanskie palomniki vo vremya yejegodnogo xadja v svashenniy gorod Mekka
Musulmanskie palomniki vo vremya yejegodnogo xadja v svashenniy gorod Mekka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida Haj shartnomasi imzolandi va xaj tartibotlari va jadvali buyicha O‘zbekiston hojilarini harakatlanishi yuzasidan barcha masalalar muhokama etildi

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi, deb xabar qildi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot-xizmati.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya imomi: haj ziyoratini selfi-hajga aylantirmaslik zarur

Shuningdek uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyorat turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Hamidbek  Hasanov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulhakim Aripov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i Rustam Jamilov ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida Haj shartnomasi imzolandi va xaj tartibotlari va jadvali buyicha O‘zbekiston hojilarini harakatlanishi yuzasidan barcha masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Haj delegatsiyasi  Saudiya Arabistoni Transport Bosh boshqarmasi rahbari Abdurahmon al-Harbiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bosh boshqarma rahbari o‘zbekistonlik hojilar va ziyoratchilar zamonaviy transport vositalari bilan ta’minlangani, Agentlik talablari va tegishli shartnomaviy kelishuvlar O‘zbekiston tomonidan to‘laqonli bajarilib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi va o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

Delegatsiya muzokara yakuni bo‘yicha, hojilar uchun navbatdagi Haj mavsumida  transport xizmati ko‘rsatilishi, Madina-Makka-Jidda hamda Mino, Arafot va Muzdalifa yo‘nalishlarida hojilarni tashish yuzasidan tegishli bitim imzoladi.

 

Yangiliklar lentasi
0