Dunyodagi eng mitti avtomat namoyish qilindi - video

© AP Photo / Julie JacobsonMujchina s ognestrelnim orujiyem
Mujchina s ognestrelnim orujiyem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurol ishlab chiqaruvchi Sig Sauer kompaniyasi ixcham MPX Copperhead avtomati tasvirlangan videoni namoyish etdi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Qurol ishlab chiqaruvchi Sig Sauer kompaniyasi ixcham MPX Copperhead avtomati tasvirlangan videoni namoyish etdi. Qurolning uzunligi 37 santimetr atrofida, og‘irligi ikki kilogramm, kalibri 9 millimetr. Bu haqda The Drive portaliga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi.

PL-14 (pistolet Lebedeva) - Sputnik O‘zbekiston
Makarov o‘rniga Lebedev pistoleti keladi

Xabarda keltirilishicha, kompaniya avtomatni ikki variantda fuqarolar va harbiylar uchun ishlab chiqargan. Birinchi varintdagi qurol to‘pponcha sifatida xizmat qilsa, harbiylar uchun mo‘ljallangan qurolda qo‘shimcha opsiyalar mavjud, masalan, unga shovqinni pasaytiruvchi moslama o‘rnatish hamda o‘q otish tartibini o‘zgartirish mumkin.

MPX Copperhead avtomati savdoga 1600 dollarlik narx bilan chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0