Nurxon Nafasov 125,5 million so‘mlik pulni talon-toroj qilishda ayblanmoqda

© SputnikUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Karate Milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov 125 million 557 ming so‘mlik pul mablag‘ini talon-toroj qilishda ayblanmoqda.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Karate Milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tergov jarayonida amalga oshirilgan taftish natijasida noqonuniy xatti-xarakatlar to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Hususan, N.Nafasovning federatsiya raisi lavozimiga tayinlangan kun – 2018-yil 16-maydan boshlab oktabr oyigacha 125 million 557 ming so‘mlik pul mablag‘ini belgilangan tarzda (terma jamoa a’zolari, ularni musobaqalarga tayyorlash harajatlari) sarflash o‘rniga, ularni maqsadsiz va ortiqcha ishlatganligi, tovlamachilik va hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilganligi, sportchilardan badal pullarini yig‘ib olib, federatsiya g‘aznasiga kirim qilinmaganligi aniqlandi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0