Xitoyda plastik operatsiyadan keyin xunuk bo‘lib qolgan bloger qiz o‘z joniga qasd qildi

CC0 / pixabay / Devushka sidit s telefonom
Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bloger qiz o‘zining internet kanaliga ko‘proq obunachilarni jalb qilish uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga qaror qiladi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Xitoylik bloger qiz Lyu yuzining omadsiz plastik operatsiyasidan keyin o‘zini o‘ldirdi. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

O‘limidan bir kun avval 23 yoshli qizni yonayotgan binodan olib chiqishgan. Lyu qutqarib olinganda, u hech kim uning yuzini ko‘rishini xohlamasligini aytib qichqirgan va yuzini qo‘llari bilan berkitgan.

Videobloger o‘z kanaliga ko‘proq obunachilarni jalb qilish uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan. Biroq operatsiya muvaffaqiyatsiz o‘tgan, shundan so‘ng qiz uydan chiqmay qo‘yadi. Buning ustiga qizning yigiti u bilan munosabatlarini uzgan.

OAVlar xabariga ko‘ra, qiz bir necha marta o‘zini o‘ldirishga uringan.

Yangiliklar lentasi
0