Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li qachon karyerasini yakunlashini ma’lum qildi

© Sputnik / Said SarnayevChestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale
Chestvovanie Xabiba Nurmagomedova v Maxachkale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘li faoliyatini yakunlashidan oldin uchrashishi mumkin bo‘lgan uch nafar sportchini ma’lum qildi.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov o‘zining sportdagi faoliyatini kanadalik Jorj Sen-Pyer va amerikaliklar Toni Ferguson va Floyd Meyuezer bilan jang o‘tkazgandan so‘ng yakunlashi mumkin, deb ma’lum qildi o‘zining Instagram sahifasida sportchining murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmagomedov.

Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovim i Konorom MakGregorom - Sputnik O‘zbekiston
Xabib VS Konor: jang 2019-yilda bo‘lishi tasdiqlandi

“Sent-Pyer, Ferguson, Meyveyzer. Uch yigit. Keyin u faoliyatini tugatib, tarixdagi eng buyuk sportchi bo‘la oladi”, - deya yozgan sportchining otasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangini o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qilgani xaqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0