Sinov loyiha: Yunusobodda tunu-kun ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmati yoʻlga qoʻyiladi

© Foto: MCHS UzbekistanaV Tashkente posle gibeli rebenka ogradyat proxodyaщiye cherez kanalы trubы
V Tashkente posle gibeli rebenka ogradyat proxodyaщiye cherez kanalы trubы  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻp qavatli uylarning holati, odamlarning roziligi bu tizimga bogʻliq ekanini taʼkidlab, ushbu tajribani shaharning boshqa tumanlarida ham tatbiq etish, sohaga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida kommunal xizmatlar sifatini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Xususan, Yunusobod tumanidagi koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimini tajriba tariqasida professional boshqaruv kompaniyalariga oʻtkazish loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazadi

Tumanda 1 ming 212 ta koʻp qavatli uy bor. Rejaga koʻra, ushbu uylarga xizmat koʻrsatish professional boshqaruv kompaniyalariga beriladi. Buning natijasida tizimdagi moliyaviy holatni sogʻlomlashtirish, muammoli kreditlarni hal etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga erishish koʻzda tutilgan.

Shunday boʻlgach, aholi murojaatlari bilan ishlash ham yaxshilanadi, tunu kun ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻp qavatli uylarning holati, odamlarning roziligi bu tizimga bogʻliq ekanini taʼkidlab, ushbu tajribani shaharning boshqa tumanlarida ham tatbiq etish, sohaga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Toshkent shahrida zamonaviy uylar, mehmonxonalar, taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda boshqa inshootlar barpo etish, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish, kommunal xizmatlar boshqaruv markazini tashkil etish loyihalari yuzasidan ham tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0