Turizm qo‘mitasi “axloqsiz xatti-harakatlar” haqidagi bandni izohladi

Obuna bo‘lish
Ushbu bandning matni ustida yana ish olib borish talab etiladi va shu sababdan hujjat loyihasi yuzasidan takliflarni to‘plash uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yangi tahrirdagi mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy qoidalar loyihasiga kiritilgan axloqsiz xatti-harakatlar to‘g‘risidagi band yuzasidan izoh berdi.

Stoyka registratsii v otele - Sputnik O‘zbekiston
Mehmonxonalar “axloqsiz mijozlar” ustidan IIBga shikoyat qilishlari mumkin bo‘ladi

2019 yil 23-yanvar kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.  Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan buyrug‘i loyihasida mehmonxonalarga mijozlarga axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etishda asosli gumonlar bo‘lgan taqdirda, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish huquqini berishni ko‘zda tutuvchi band ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, hujjat loyihasi prezidentning 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qarorining alohida bandlari, xususan “Qonunchilikka binoan mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’iy nazar ko‘rsatilishi lozimligi” to‘g‘risidagi bandning ijrosini to‘g‘ri talqin qilish hamda mehmonxona xizmatlarini taqdim etadigan tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam ko‘rsatish, shuningdek turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda taqdim etildi. 

“Shu bilan birga, alohida ta’kidlashni istardikki, Qo‘mitaga tadbirkorlik subyektlari tomonidan fuqarolarga mehmonxona xizmatlarini taqdim etishdan asossiz ravishda bosh tortgan qator holatlar haqida xabarlar berildi. Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, ma’muriy va jinoiy kodekslari bilan tasdiqlangan qoidabuzarliklarni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Biz ushbu bandning matni ustida yana ish olib borish talab etayotganini tushunamiz va shu sababdan hujjat loyihasi yuzasidan takliflarni to‘plash uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va maqolalarda berilgan fikrlarni faol muhokama qilish va ko‘rib chiqilishi kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholining ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning borishini to‘g‘riligidan yana bir bor dalolat beradi. 

Buyruq muhokamasi 2019-yil 7-fevraliga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0