TOSHKENT, 25 yanv – Sputnik. Hindiston 2019 yildagi birinchi - Kalamsat-V2 sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. Ushbu yoʻldosh bir hafta ichida talabalar tomonidan yigʻilgan va yogʻoch kursidan ham yengilroq, deb xabar qildi RIA Novosti, Hindistonning NDTV telekanaliga tayanib.
Xabarda yozilishicha, sunʼiy yoʻldoshning ogʻirligi 1,26 kilogrammni tashkil qiladi. U uzunligi taxminan 10 santimetr boʻlgan qirralarga ega oʻziga xos kub koʻrinishiga ega. Yoʻldosh yaratilishiga taxminan 120 ming rupiy (1,7 ming dollar) sarflangan. Sunʼiy yoʻldosh bilan birga, raketa PSLV-44 kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy yoʻldoshi yetkazdi. U Yerdagi obʼyektlarning yuqori aniqlikdagi fotosʼyomkasi uchun moʻljallangan.
Kalamsat sunʼiy yoʻldoshning birinchi versiyasi 2017 yilda Tamilnad shtadidagi talabalar va oʻquvchilarning birgalikdagi urinishlari natijasida yaratilgan. Uning ogʻirligi 64 grammni tashkil qilgan, biroq u Kalamsat-V2dan farqli oʻlaroq Yer orbitasiga olib chiqilmagan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hindistonlik talabalar yutugʻini yuqori baholadi va hamma ishtirokchilarni muvaffaqiyatli uchirish bilan qutladi. Oʻzining samimiy dil izhorlarini Twitter sahifasida yozib qoldirdi.
Heartiest congratulations to our space scientists for yet another successful launch of PSLV.
— Narendra Modi (@narendramodi) 25 yanvarya 2019 g.
This launch has put in orbit Kalamsat, built by India's talented students.