O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyalik turistlar soni 2018-yilda bir necha baravarga oshdi

Obuna bo‘lish
Qosimxo‘jayev hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning O‘zbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. 2018-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2017-yilga nisbatan uch baravarga oshdi va 371,5 ming kishini tashkil etdi, deb xabar qildi RIA Novosti, O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ma’lumotiga asosan.

“2018 yilda Rossiyadan 371,5 ming kishi keldi, ya’ni o‘sish qariyb 3 baravarga oshganini ko‘rsatadi”, - dedi Qosimxo‘jayev.

Qosimxo‘jayev hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning O‘zbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. U 2018-yilning oxirida O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida mamlakatning turistlik imkoniyatini namoyish qilish maqsadida Yekaterinburg, Ufa, Qozon va Novosibirsk shaharlariga tashrif buyurishganini eslatib o‘tdi.

Turizm qo‘mitasi “axloqsiz xatti-harakatlar” haqidagi bandni izohladi

Avvalroq Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi mudiri Ivan Fetisov RIA Novostiga Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kirishda bojxona va pasport nazoratidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgani haqida shikoyat bilan murojaat qilishlari to‘xtaganini ma’lum qilgandi. U Rossiya fuqarolar mamlakatda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha muammolarga duch kelishmayotganini ta’kidladi.

Davlat turizm qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 5,3 million nafarni tashkil etgan (2017 yilga nisbatan 1,96 baravarga ko‘proq), jumladan 4,6 million kishi qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sayohat qilish uchun eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar beshligiga kiritilgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0