Siyosat

Yevropa ittifoqi: Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishi mumkin

© Flickr / fdecomiteFlag Yevrosoyuza
Flag Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Maxsus dasturga koʻra, Oʻzbekiston uchun YEI bozorlariga olti ming turdan ziyod tovarlarning bojsiz kiritilishi imkoniyati taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston bu maqomga ega boʻlish uchun zarur talablarning bir qismini bajarib boʻlgan

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Suxrob Xolmuradov YEI Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Peter Burian boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Burian Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan maqsad sari harakat qilsa Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishini taʼkidladi.

Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
YEI Rossiya bilan Markaziy Osiyoda raqobat qilmoqchi emas, dedi Mogerini

Maxsus vakilning aytishicha, YEI prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi va mamlakat tashabbuslarini, xususan grantlar yordamida qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

"Yevropa tashqi aloqalar xizmatining Markaziy Osiyo boʻyicha boʻlinmasi rahbari oʻrinbosari Filip van Amersfoortning xabar qilishicha, YEI Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning yangi strategiyasini ishlab chiqish ishlarini yakunlamoqda, hujjat 2019 yil birinchi yarim yilligi yakuniga qadar qabul qilinadi", — deyiladi xabarda. Hujjatda Oʻzbekistondagi yangilanishlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha choralar aks ettiriladi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekiston rahbariyatining Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan tashabbuslari naqadar muhimligiga eʼtibor qaratdilar.

Yevropa Ittifoqi oʻzbek tovarlari uchun oʻz bozorlariga yoʻlni keng ochishni maqsad qilgan. Maxsus dasturga koʻra, Oʻzbekiston uchun YEI bozorlariga olti ming turdan ziyod tovarlarning bojsiz kiritilishi imkoniyati taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston bu maqomga ega boʻlish uchun zarur talablarning bir qismini bajarib boʻlgan.

Bundan tashqari, YEI Oʻzbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish boʻyicha rejalarini qoʻllab-quvvatlashga va respublikaga bu borada zarur koʻmakni koʻrsatishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala