Kanadaning eng nomdor oltin qazib oluvchi kompaniyasi O‘zbekistonga qiziqib qoldi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishDobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax
Dobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va sermahsul hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga strategik ahamiyat qaratadi. "B2Gold" kompaniyasi o‘z tashabbuslarini hayotga tatbiq etish uchun Kanadadan zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni taklif qilmoqda

TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Joriy yil 23-yanvar kuni O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida O‘zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov Kanadaning "B2Gold" kompaniyasi vitse-prezidenti Neyl Rider bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Zolotie slitki iz kolleksii Goxrana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turistlar oltin yombilarini sotib olishi yo‘lga qo‘yiladi

"B2Gold" - Kanadaning eng old oltin qazib oluvchi kompaniyasi bo‘lib, 2018-yil yakunlariga ko‘ra, ishlab-chiqarish hajmini 1 million unsiyaga yetkazgan.

Suhbat davomida "B2Gold" kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishi bo‘yicha amaliy masalalar ko‘rib chiqilgan.

Neyl Riderga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va sermahsul hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga strategik ahamiyat qaratadi. O‘z tashabbuslarini hayotga tatbiq etish uchun "B2Gold" kompaniyasi Kanadadan zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni taklif qilmoqda.

Kanada - foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi beshligiga kiradi.

"B2Gold" vitse-prezidenti joriy yil may oyida Kanadaning yetakchi kompaniyalari tarkibida O‘zbekistonga tijorat missiyasi bilan kelish rejasi borligini ma’lum qilgan. Ushbu tashrif elchixona va jami 200ga yaqin kompaniya va korxonalarni birlashtirib turuvchi Rossiya hamda Yevroosiyodagi Kanada ishbilarmonlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sektorda kanadaning old kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari 3-6 mart kunlari Toronto shahrida bo‘lib o‘tadigan Kanadaning Tog‘ va geologorazvedka Assotsiatsiyasi (PDAC) syezdi doirasida muhokama qilish rejalashtirilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi ham ushbu syezdda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0