Xalq qabulxonalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

© Gruppa "Dialog s narodom"Rabotniki "Narodnix priyemnix" massovo privlekayutsya na povishenie kvalifikatsii
Rabotniki Narodnix priyemnix massovo privlekayutsya na povishenie kvalifikatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malaka oshirish kurslarida aholi muammolari bilan ishlash tizimi va uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish tartibi, "Hudud" axborot tizimini qo‘llash choralari kabi turli mavzular keng o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekistonda Xalq qabulxonalari xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan aholi muammolari bilan ishlash tizimida yangi sifat bosqichi boshlandi. Mazkur hujjatga muvofiq 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi.

Malaka oshirish kurslari 5 kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlaridan iborat bo‘lib, unda Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi barcha Xalq qabulxonalarining mudirlari 10 ta guruhga bo‘lingan holda o‘z bilim va malakasini oshirmoqda.

Malaka oshirish kurslarida Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, aholi muammolari bilan ishlash tizimini va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish tartibi, "Hudud" axborot tizimini qo‘llash choralari kabi turli mavzular keng o‘rganilmoqda.

Mashg‘ulotlarda "aqliy hujum", kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy muhokama, taqdimot kabi interfaol usullardan foydalanishga aohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, ishchi guruh – jamoani shakllantirish va uning samarali ishlashini tashkil qilish, taym-menejmentni amalda qo‘llash – har bir soniyadan unumli foydalanish, aholi muammolari bilan ishlash uchun har tomonlama kuchli tayyorlanish, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish usullari kabi mavzularga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari o‘zbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

Malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotida bundan buyon davlat organlari Xalq qabulxonalari boshchiligida o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududlarda mahallama-mahalla, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, har bir oila muammolarini o‘rganib, ularni hal qilish choralarini ko‘radi.

Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari Olmazor tumani 3 sektor shtabida ishlarning tashkil etilishi yuzasidan sayyor amaliy seminarda ham ishtirok etdilar. Seminarda aholi murojaatlari bilan ishlashning sektorlarda yo‘lga qo‘yilgan vertikal mexanizmi, eng chekka hududlarda uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish, hududlarda aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish kabi mavzular Olmazor tumani 3-sektor shtabi faoliyati misolida o‘rganildi.

Malaka oshirish kurslaridan asosiy maqsad esa – aholi muammolarini to‘liq qamrab olish, ularga tezkor, samarali va hayotiy yechim topish, xalq o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishiga erishishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0