Oʻzbekiston spetsnazlari AQShga joʻnab ketdi

© Minoboronы RUzSpetsnaz Uzbekistana
Spetsnaz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maxsus boʻlinma harbiy xizmatchilari AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasida boʻlib oʻtayotgan "Janubiy zarba" hamkorlikdagi mashgʻulotlarda ishtirok etishyapti

TOSHKENT, 26 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston maxsus boʻlinma harbiylari birinchi marta AQShdagi mashgʻulotlarda qatnashmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Voyennoslujaщiye uzbekskoy armii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Shakl va mazmun: oʻzbek armiyasi nega libosini yangilamoqda

"Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maxsus boʻlinma harbiy xizmatchilari 11 yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da boʻlib oʻtayotgan "Janubiy zarba" hamkorlikdagi mashgʻulotlarda ishtirok etishyapti. Ular bugungi kunga qadar ikkita hamkorlikdagi mashqlarni oʻtkazishdi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashgʻulotlarning uchinchi – asosiy fazasini kuzatish uchun AQShga joʻnab ketdi.

 "Janubiy zarba" taktik mashgʻulotlari – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi oʻquv bazalarida oʻtkaziladigan yirik oʻquv-jangovar mashgʻulotlari hisoblanadi. Oʻquv mashgʻulotlari barcha qoʻshin turlari hamda qoʻriqlov boʻlinmalari, zaxira kuchlari va doimiy qoʻshinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSH va asosiy ittifoq qurolli kuchlari oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini taʼminlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga oladi.

Mazkur keng miqyosdagi mashgʻulotlarda Kanada, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.

AQShga rasmiy tashrif davomida Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala